2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabullarda muammolar nazoratga olindi

Shu kunlarda Toshkent viloyati hududlarida Respublika ishchi guruhi, turli vazirliklar va davlat tashkilotlari, hokimlik mas’ullari ishtirokida tashkil etilayotgan ommaviy sayyor qabullarda aholining ko‘plab muammolariga yechim topilmoqda.

Jumladan, shunday qabullardan biri Olmaliq shahrida o‘tkazildi. Unda Angren, Olmaliq, Ohangaron, Nurafshon shaharlari hamda Ohangaron tumani fuqarolari o‘z muammolari bilan soha vakillariga yuzlandi. 

– Bugunga sayyor qabulda adliya sohasiga oid ijrosi kechikayotgan ko‘plab murojaatlarni o‘rgandik, – deydi Olmaliq shahar adliya bo‘limi yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazi mutaxassisi Asilbek Ozodov. – Jumladan, yer-kadastr, meros, kommunal tarmoqlardagi amalga oshirilayotgan loyihalardagi kamchiliklar nazoratga olindi. Shu bilan birga, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni onlayn olish borasida o‘z tavsiyalarimizni berdik. Ta’kidlash lozim, joriy yil boshidan adliya xodimlarimiz tomonidan mahallalarda fuqarolarning huquqiy muammolarini o‘rganishlari o‘z natijasini bermoqda. 

– Mahallamizdagi avtomobil yo‘li yaqinda foydalanishga topshirilgan bo‘lsada, atrofidagi qurilish ishlari hali tugamagan, – deydi Ohangaron tumani “Ilg‘or” MFYda yashovchi Nishonboy Tanboyev. – Bu ham yetmaganidek, hududimizda ko‘plab bunyodkorlik ishlari boshlangani tufayli oxir yuk tashuvchi avtotransport vositalari qatnovi ko‘paydi. Natijada, yo‘llarimiz yana nosoz ahvolga kelib, aholi qatnovida biroz qiyinchiliklar bo‘lmoqda. Shu bo‘yicha mas’ullarga qilgan murojaatimiz ijobiy hal qilinadigan bo‘ldi. 

Bundan tashqari, belgilangan rejaga asosan Oqqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan xalq bilan muloqotlar ham samarali bo‘ldi. Unda Bekobod shahar, Piskent, Oqqo‘rg‘on, Bo‘ka, Bekobod tumanlaridan kelgan 251 nafar aholining muammolari ko‘rib chiqildi. Asosan uy-joy ajratish, ishga joylashish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, bepul tibbiy yordam olish, shuningdek, oilaviy masalalar mutaxassislar tomonidan nazoratga olindi. 

Jarayonda 39 nafar fuqaroning muammosi joyida hal etilgan bo‘lsa, 61 ta masala yuzasidan tegishliligi bo‘yicha mas’ullar tomonidan tushuntirish ishlari olib borilib, fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi. 

03.03.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar