Shu kunlarda Toshkent viloyati hududlarida Respublika ishchi guruhi, turli vazirliklar va davlat tashkilotlari, hokimlik mas’ullari ishtirokida tashkil etilayotgan ommaviy sayyor qabullarda aholining ko‘plab muammolariga yechim topilmoqda.
Jumladan, shunday qabullardan biri Olmaliq shahrida o‘tkazildi. Unda Angren, Olmaliq, Ohangaron, Nurafshon shaharlari hamda Ohangaron tumani fuqarolari o‘z muammolari bilan soha vakillariga yuzlandi.
– Bugunga sayyor qabulda adliya sohasiga oid ijrosi kechikayotgan ko‘plab murojaatlarni o‘rgandik, – deydi Olmaliq shahar adliya bo‘limi yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazi mutaxassisi Asilbek Ozodov. – Jumladan, yer-kadastr, meros, kommunal tarmoqlardagi amalga oshirilayotgan loyihalardagi kamchiliklar nazoratga olindi. Shu bilan birga, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni onlayn olish borasida o‘z tavsiyalarimizni berdik. Ta’kidlash lozim, joriy yil boshidan adliya xodimlarimiz tomonidan mahallalarda fuqarolarning huquqiy muammolarini o‘rganishlari o‘z natijasini bermoqda.
– Mahallamizdagi avtomobil yo‘li yaqinda foydalanishga topshirilgan bo‘lsada, atrofidagi qurilish ishlari hali tugamagan, – deydi Ohangaron tumani “Ilg‘or” MFYda yashovchi Nishonboy Tanboyev. – Bu ham yetmaganidek, hududimizda ko‘plab bunyodkorlik ishlari boshlangani tufayli oxir yuk tashuvchi avtotransport vositalari qatnovi ko‘paydi. Natijada, yo‘llarimiz yana nosoz ahvolga kelib, aholi qatnovida biroz qiyinchiliklar bo‘lmoqda. Shu bo‘yicha mas’ullarga qilgan murojaatimiz ijobiy hal qilinadigan bo‘ldi.
Bundan tashqari, belgilangan rejaga asosan Oqqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan xalq bilan muloqotlar ham samarali bo‘ldi. Unda Bekobod shahar, Piskent, Oqqo‘rg‘on, Bo‘ka, Bekobod tumanlaridan kelgan 251 nafar aholining muammolari ko‘rib chiqildi. Asosan uy-joy ajratish, ishga joylashish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, bepul tibbiy yordam olish, shuningdek, oilaviy masalalar mutaxassislar tomonidan nazoratga olindi.
Jarayonda 39 nafar fuqaroning muammosi joyida hal etilgan bo‘lsa, 61 ta masala yuzasidan tegishliligi bo‘yicha mas’ullar tomonidan tushuntirish ishlari olib borilib, fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 13 Avgust 2024 | 24 Avgust 2024 | Surxondaryo viloyati |