Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Sayyor qabul: sudyalar aholi murojaatlarini o‘rgandi

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan, respublika ishchi guruhlari tomonidan joriy yil 20 yanvardan boshlab mahallalarda aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, migratsiyadagilar bilan manzilli ishlash kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish belgilangan.

Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan mas’ullar aholi bilan muloqot qilib, ularning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish, fuqaro va tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odamlarning joylarda sudma-sud sarson bo‘lib yurishlariga barham berish hamda “Inson qadri uchun” g‘oyasi asosida chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish bo‘yicha bir qator tavsiyalar berilmoqda. 

Xususan, Oliy sud rahbariyatining Yangiyo‘l tumanidagi tashkil etilgan sayyor qabuli ham buning misolidir. Unda murojaat qilgan fuqarolar Oliy sud raisining o‘rinbosari O.Ismailov, Apparat rahbari A.Xolmaxmatov, Oliy sud sudyalari hamda Toshkent viloyat sudi raisi va rais o‘rinbosarlari tomonidan qabul qilindi.

Muloqotlarda fuqarolarning 11 nafari jinoyat, 37 nafari fuqarolik ishlari bo‘yicha, 6 nafari ma’muriy ishlar bo‘yicha va 1 nafari iqtisodiy ishlari bo‘yicha qolganlari boshqa umumiy masalalarda murojaat qildi. Mutaxassislar tomonidan 6 ta masala shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi, 49 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi. Bundan tashqari, 3 nafar fuqarolarning yozma murojaatlari, shundan 3 nafar fuqaroning taftish tartibidagi shikoyatlari ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.

Sayyor qabul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan taqdimnoma va iltimosnomalar asosida ozodlikni cheklash, axloq tuzatish ishlari va muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan 62 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. Shuningdek, 2 nafar mahkumning o‘talmay qolgan jazosi yengilrog‘iga almashtirildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan aliment undirish haqidagi 32 nafar fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqib, qanoatlantirildi va ijroga qaratildi. Ajrashish yoqasiga kelib qolgan 14 ta oila yarashtirilib, fuqarolik ishlari ish yuritishdan tugatildi. 

Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari da’vogarligida 13 ta iqtisodiy ish ko‘rib chiqilib, tadbirkorlar foydasiga jami 3 milliard 682 million 319 ming so‘m miqdorida pul mablag‘lari undirildi. 

26.02.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar