Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Sayyor qabul: murojaatlar hal qilinmoqda

Toshkent viloyatida Respublika ishchi guruhi tomonidan viloyat sektor rahbarlari, vazirlik va tashkilot rahbarlarining ommaviy sayyor qabullari boshlandi va dastlabkisi Yangiyo‘l tumanida tashkil etildi.

Unda Yangiyo‘l shahar, Yangiyo‘l, O‘rta Chirchiq, Quyi Chirchiq, Chinoz, Zangiota tumanlaridan kelgan fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi. Xususan, Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ham ko‘plab muammolar bilan kelayotgan aholi vakillari bilan suhbatlashdi. Jarayonda bildirilgan murojaatlar tegishli tarzda boshqarma va tashkilotlar rahbarlariga yo‘naltirildi. 

– Qabul davomida tibbiy xizmat, aholi salomatligini ta’minlash borasidagi murojaatlar ko‘p bo‘ldi, – deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Feruza Rahmatullayeva. – Shu joyning o‘zida ko‘plab masalalarni ijobiy hal qilishga harakat qildik. Ko‘proq muddat talab qiladigan murojaatlar ham nazoratga olindi. Davo istab kelgan fuqarolarning muammolarini tegishli tibbiy maslahatlar va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirildi. Fuqarolarga berilgan tibbiy xulosalar asosida kasallik tashxisiga qarab davolanish muassasalariga yo‘llanmalar va imkoniyati cheklangan bemorlarga bepul dori-darmon vositalari taqdim qilindi. 

Shuningdek, ommaviy sayyor qabulda kadastr, bandlik, qishloq xo‘jaligi, elektr va gaz ta’minoti, uy-joy olish, ekologiya, yo‘l qurilishi kabi turli yo‘nalishlardagi yuzlab murojaatlar yuzasidan fuqarolar mas’ullardan yechim izladi. 

– O‘g‘limning eshitishda muammosi bor. Ammo, dehqonchilik qiladi, – deydi O‘rta Chirchiq tumani Yangilik MFYda yashovchi Mukambar Islomova. – O‘tgan yili 30 sotix yerni auksion savdolar orqali yutib, dehqonchilik qilmoqdamiz. Olgan motokultivator tez-tez ishdan chiqmoqda. U bilan tomorqa xo‘jaliklariga ham xizmat ko‘rsatishni boshlagan edi. Viloyat va tuman hokimi shu masalada bizga ko‘mak berib, yangi zamonaviy mini traktor olib beradigan bo‘ldi. Bundan juda xursandmiz. 

– Oilam bilan kichikroq uyda yashaymiz. Yaqinda ikkita o‘g‘limni uylantiraman, ularga ham alohida yana bir xonadon uy kerak. Shu bo‘yicha mas’ullar bilan gaplashdim. Ular bizga huquqiy tushuntirishlar berdi va davlatimiz tomonidan mavjud imtiyozlardan foydalanish borasida tavsiyalar berdi, – deydi Yangiyo‘l tumani Guliston mahallasida yashovchi Arofat Shomirzayeva. 

Bu kabi ommaviy sayyor qabullar viloyatning boshqa joylarida ham o‘tishi rejalashtirilgan. 

25.02.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar