
Poytaxtimizning Yangi Choshtepa mahallasida Toshkent shahar hokimi, Toshkent shahar IIBB HPB, Oila va xotin-qizlar bo‘limlari mas’ullari va yangihayotlik xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuvda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va jinoyatchilikning barvaqt oldini olishda xotin-qizlar faolligi va ishtirokining muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.
Mas’ullarga mahallalardagi notinch, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarning mavjud muammolarini o‘rganish, ular bilan manzilli ishlash, ishlar samaradorligini oshirish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida muntazam targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Xotin-qizlarning muammo va takliflari tinglanib, ularga yaqindan ko‘mak berish masalalari ko‘rib chiqildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |