Mamlakatimizda nuroniylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, kayvoni keksalar hamda o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘rtasidagi rishtalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Prezidentimizning 2020 yil 18 fevrladgi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, mahallalarda va ta’lim muassasalarida yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, yosh oilalar o‘rtasidagi ajrimlarning oldini olish maqsadida hayotiy tajribaga ega, yoshi ulug‘ onaxonlarni hamda “Buvijonlar maktabi” a’zolarini jalb etgan holda “Onaxonlar o‘gitlari” mavzusida uchrashuvlar tashkil etish belgilandi.
Namangan viloyatidagi 14 ta shahar, tumanlarda hamda mavjud 788 ta mahallaning 713 tasida xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni qaror toptirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga e’tibor qaratish, vaqtincha ishsizlarning bandligini ta’minlash maqsadida “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi hamda viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida ta’sis qilingan “Buvijonlar maktabi” tomonidan mazkur yo‘nalishlarda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Viloyat “Buvijonlar maktabi” rahbari Munavvarxon Boydadayevaning fikricha, ayniqsa, Namangan shahri, Chortoq, Pop, Mingbuloq va Uchqo‘rg‘on tumanlarida keksa onaxonlarning fidoyiligi hamda tashabbuskorligi kuzatilmoqda.
“Buvijonlar maktabi”ning shahar va tumanlardagi jamoatchilik kengashiga ta’lim, tibbiyot, fan, madaniyat, sport kabi sohalarda uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriylar, olimlar, ziyolilar biriktirilib, ular oilaviy ajrimlarning oldini olish, maktablarda davomat, tarbiyasi og‘ir bo‘lgan ayrim yoshlar bilan ishlashda jonbozlik ko‘rsatilmoqda.
– Dono xalqimizda “Qushning ham ini buzilmasin”, degan naql bejiz aytilmagan. Bunda katta ma’no mujassam. Arzimagan sabablar bilan qanchadan qancha oilalar buzilib ketmoqda, – deydi Chortoq tumani “Buvijonlar maktabi” yetakchisi Ashuraxon Xo‘jayeva. – Farzand kulgusi yangragan uyda fayz, baraka yog‘iladi, shunday ekan, hayotimiz quvonchi bo‘lgan dilbandlarimizning mahzun bo‘lishiga, ko‘zlaridan yosh oqishiga yo‘l qo‘ymaylik. Ayni shundan kelib chiqqan holda, biz asosiy e’tiborni yoshlar tarbiyasi va oilalar tinchligiga qaratishimiz lozim.
Joriy yilda yosh oilalar o‘rtasidagi ajrim o‘tgan yillarga qaraganda anchagina kamaydi. Olib borilgan targ‘ibot va tushuntirish ishlari natijasida birgina o‘tgan yilning o‘zida 87 oila yarashtirildi. Qolaversa, tumanda “Bir nuroniy o‘n yoshga ma’sul” tamoyili bo‘yicha ro‘yxatga olingan 1 ming 440 nafar yoshning muammolari manzilli o‘rganilib, ularning 90 foizidan ortig‘ida mavjud kamchiliklar bartaraf qilindi.
Chortoqlik “Buvijonlar maktabi” faollari haftada bir bor mahallalardagi xonadonlarda mavjud muammolarni birgalikda hal qilishga harakat qilishadi. Mashg‘ulotlarda yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularni turmushga tayyorlashda milliy qadriyatlar masalasi ilgari suriladi.
Pop tumanidagi “Buvijonlar maktabi” guruhining 2024 yil sarhisobi e’tirof qilishga munosib. Faol, fidoyi onaxonlar o‘z ish rejasiga asoslanib, joylarda, tumandagi barcha mahallalar, ta’lim maskanlari va harbiy qismlarda o‘z chiqishlari bilan faollik ko‘rsatdi.
Xususan, Abu Ali ibn Sino nomidagi tuman jamoat salomatligi texnikumida bo‘lib o‘tgan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida, tumandagi 40-maktabda ikki tilni o‘rganishga bag‘ishlangan “Til bilgan dunyo taniydi” mavzusida tadbirlar ko‘pchilikning yodida qoldi. “Buvijonlar maktabi” qoshida o‘tkazilgan ijodkorlar davrasida tuman yoshlari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, shoirlar, ijodkorlarning ona-Vatanga muhabbat, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga oid ijodlaridan bahramand bo‘ldi. Millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikka qaratilgan tadbirlarda esa yoshlarga kitoblar sovg‘a qilindi.
Uchqo‘rg‘on tumanida ham muammoli oilalarga nuroniylarni biriktirish orqali mavjud kamchiliklarning oldi olinib, salmoqli natijalarga erishilmoqda. Haftaning har chorshanba kuni o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot va qabul kunlarida nizolashgan oilalar taklif qilinib, ular bilan tushuntirish suhbatlari o‘tkazilmoqda. O‘tgan bir yil ichida shu asosda 64 maxalladan 53 ta muammo borligi aniqlandi. Natijada esa ajrim yoqasidagi 67 oila murosaga keldi.
Namangan viloyatida “Buvijonlar maktabi” faoliyatining amaliy ishlari haqida ko‘plab e’tiborga molik tajribalarni keltirish mumkin. Kelgusida ushbu maktab faoliyatini yanada kengaytirib, natijalarni ko‘paytirish maqsad qilingan. Bu borada faol, fidoyi onaxonlar, kayvoni nuroniylar tajribasiga tayaniladi. Zero, ta’lim-tarbiya bir kunlik ish emas.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Тадбиркорлик фаолияти учун имтиёзли кредитлар дастурлари асосида (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |