2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aholi murojaatlari o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatilmoqda

Aholi muammolarini o‘rganish, hal etish va bandligini ta’minlash kabi ko‘plab yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritib kelayotgan Respublika ishchi guruhi a’zolari besh kun davomida Toshkent shahri, Namangan va Buxoro viloyatlarining eng olis va chekka hududlarida bo‘ldi.

Mahallalarda sayyor qabullar o‘tkazilib, aholi muammolarini o‘rganish, bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, migratsiyadagi fuqarolar bilan ishlash va belgilangan boshqa masalalar bo‘yicha manzilli ishlar olib borildi.

Ishchi guruhlarga Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi mas’ul xodimlari, Oliy sud, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar, Mudofaa, Adliya, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Bandlik, Sog‘liqni saqlash vazirliklari kabi qator idoralardan mas’ul rahbar va xodimlar jalb etildi.

Aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan sayyor qabullarda 4 mingga yaqin murojaat kelib tushdi va mingdan ziyodi joyida hal etildi. Qolgan qismi qo‘shimcha o‘rganish va mablag‘ talab etganligi sababli ijro uchun nazoratga olindi.  

Fuqarolarning sud-huquq, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlik, moddiy yordam, kommunal va infrastruktura bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlari tegishli soha mas’ullari tomonidan o‘rganilib, amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Bunda tashqari, Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar, aholi muammolari mahallabay o‘rganilib, joylardagi 11 kilometr yo‘l asfaltlashtirildi va shag‘allashtirildi.

Ikki yuzdan ziyod temir-beton ustun o‘rnatilib, yangi qirq kilometrdan ortiq uzunlikdagi elektr tarmog‘i tortildi. Shuningdek, 224 ta transformator va 2 mingdan ziyod gaz taqsimlash punkti kapital ta’mirlandi hamda qo‘shimcha suyultirilgan gaz ballonlari aholiga yetkazildi.  

Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir, chegara va olis hududlarda joylashgan mahallalarda mehnat yarmarkalari o‘tkazilib, 2 mingga yaqin fuqaro bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirildi.

Joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida Respublika ishchi guruhi a’zolari yordami bilan “G‘ijduvon tajribasi” asosida 6 ta yirik loyiha ishga tushirildi va 2 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi.  

“Sayxunobod tajribasi” asosida esa to‘rt mingga yaqin mikro-loyiha amalga oshirilib, 8 mingdan ziyod aholining bandligi ta’minlanishi kutilmoqda. “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida fuqarolarga jami 27,1 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. “Uychi tajribasi” asosida esa “mijozbay” ishlash orqali 6 mingta doimiy ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.

Respublika ishchi guruhining faoliyati davom etmoqda. Navbatdagi manzil Navoiy viloyati.  

20.02.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar