2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aholi daromadini yanada oshirish imkoniyatlari o‘rganildi

Bosh prokuror o‘rinbosari Sherzod To‘xtaboyev Navoiy viloyatida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Karmana tumani Shibzon mahallasi aholisi tomorqasida asosan issiqxona xo‘jaligi bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunda mahallada 150 dan ortiq issiqxona qurilgan bo‘lsa, yana 200 dan ortiq issiqxona qurilishi rejalashtirilgan. Yaratilayotgan imkoniyatlar, issiqxona faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish orqali aholi daromadini yanada oshirish ko‘zda tutilgan. 

Nurafshon mahallasida istiqomat qiluvchi A’zam Hojiyev dehqon xo‘jaligi tashkil etib, 2 gektar yer maydonida turli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari yetishtirmoqda.

Bu yerda qayrag‘och, tut, katalpa, yasin, yong‘oq, o‘rik, shaftoli, nok, bodom, gilos ko‘chatlari asosan urug‘laridan ko‘kartiriladi. Ayni paytda 240 ming donadan ziyod qayrag‘och, tut, katalpa, yasin ko‘chatlari tayyor bo‘lgan. 

– Faoliyatimni boshlaganimda bu maydon qarovsiz ahvolda edi, mehnatimiz orqali 2 gektarlik ko‘chatzorga aylantirdik, – deydi A.Hojiyev. – Aslida oliy ta’limda iqtisod yo‘nalishida o‘qib, soliq, o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlarida ishlaganman. Faoliyatim davomida ko‘chat yetishtirish jarayonlariga qiziqqanligim bois ushbu yo‘nalishda mehnat qilib kelmoqdaman. Mehnatimizga yarasha rohatiniyam ko‘ryapmiz. Ko‘chatlarni respublikamizning turli hududlariga yetkazib beramiz. Bugungi kunda bu yerda 5 nafar hamqishloqlarimizning bandligi ta’minlangan.

O‘rganish davomida Bosh prokuror o‘rinbosari Qiziltepa tuman obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli bog‘ hamda ko‘chat zaxirasini borib ko‘rdi. “G‘oyibon” va “Kulolon” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududidagi ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishdi. Tuman sektor rahbarlari, mahalla faollariga 2025 yilda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Bir meva – bir mahalla” shiori ostida har bir xonadonda ko‘chatlar ekish va aholining qo‘shimcha daromadini oshirishga, hududlarda individual yondashuvni ta’minlash maqsadida ularni iqlimi, tuproq strukturasi, irrigatsiya va melioratsiya, yer osti suvlari, zaxlashish darajasi, hududning sanoatlashganligi o‘rganilgan holda daraxt turlarini ekishga e’tibor qaratilishi lozimligi ta’kidlandi.

15.02.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar