Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Kadastr bilan bog‘liq murojaatlar tinglandi

O‘tgan yilning avgust oyida qabul qilingan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun va uning ijrosi doirasida hududlarda boshlangan xatlov jarayonlari hamda undan keyingi jarayonlar ko‘pchilikda tushunmovchilik, e’tirozlar uyg‘otmoqda.

Bu boradagi murojaatlarning ko‘pligini hisobga olib, Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Abdushukur Abdullayev Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida bo‘lib, fuqarolarning kadastr masalalariga oid murojaatlarini tingladi. 

Sayyor qabulda huquqbuzarlik uchun qo‘llanilgan jarima, ortiqcha egallab olingan yerlar, noqonuniy qurilish, uy-joyga egalik huquqini olish masalalarida yo‘llangan 20 ga murojaat ko‘rib chiqilib, ularning 5 tasiga huquqiy tushunchalar berildi. O‘rganish uchun ma’lum vaqt talab etadigan murojaatlar qonuniy ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.

Shuningdek, hududlarda amalga oshirilayotgan xatlov ishlari, qonun asosida huquqlarni e’tirof etish jarayonlari, shartlari, bosqichlari hamda tartibi haqida batafsil tushunchalar berildi.

Sayyor qabul yakunida ishtirokchilarning murojaatlarini belgilangan muddatlarda o‘rganib, topshiriqlarning bajarilishi nazoratga olindi.

17.02.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar