Aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etish, bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda migratsiyada bo‘lgan fuqarolar bilan manzilli ishlash yuzasidan tuzilgan Respublika ishchi guruhi Namangan viloyati Davlatobod tumanida o‘rganish olib bordi.
Jarayonda tumandagi Ijodkor mahallasida yashovchi Olimjon ota Rahmonov tomonidan tashkil etilgan issiqxona ko‘zdan kechirildi.
Mazkur issiqxonada gidroponika usulida qulupnay yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda oila a’zolari bilan birga, 10 nafar kishi doimiy ish bilan band. Mavsumda yana 15 dan ziyod ishchi kuchiga ehtiyoj seziladi. Bu borada mahalla yettiligi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mahalliy aholining daromadini oshirish uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tashabbuslar ilgari surilmoqda.
Mutasaddilar bilan muloqot chog‘ida Olimjon ota gidroponika usulining serdaromadliyligi va suvni tejashdagi afzalliklari haqida so‘z yuritdi. Hududlarda ushbu tajribani ommalashtirish taklifi ilgari surildi.
Keyingi manzil – tadbirkor Bahodir Abdurahimov tomonidan 70 sotix maydonda tashkil etilgan issiqxona bo‘ldi.
Issiqxonada pomidor va bodring yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 35 ta doimiy va 100 ga yaqin mavsumiy ish o‘rni yaratilgan. Tadbirkor yiliga 300 million so‘mga yaqin daromad qilayotganini ta’kidladi.
Ishchi guruhi mahalla yettiligining aholini daromadini oshirish, ish bilan ta’minlash borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratdi.
Mahalla yettiligi ko‘magi bilan tadbirkor Sobitxon Tursunov tomonidan tashkil etilgan 80 sotixli issiqxona bu boradagi ishlarning amaliy namunasidir.
Issiqxonada pomidor ko‘chatlari va hosillari parvarish qilinib, barqaror daromad manbai yaratilgan. Shuningdek, bulg‘or qalampiri va mavsumiy gul ko‘chatlari ekilgan. Tadbirkorning aytishicha, u yetishtirayotgan pomidor turi kasalliklarga chidamli va mineral o‘g‘it kam sarflanishi bilan o‘ziga xos. Lekin uni yetishtirishda agrotexnik talablarga qat’iy rioya etish talab etadi. Qirq sotix maydonda ushbu ko‘chatlardan yiliga ikki marta hosil olish mumkin.
Ayni pomidorning har bir kilogrammini 40-50 ming so‘mdan sotib olishmoqda. Issiqxonaning qolgan qirq sotixida esa har yili 250 ming tup pomidor, 50 ming tup bulg‘or qalampiri va 150 ming tup mavsumiy gul ko‘chatlari yetishtiriladi.
Ushbu faoliyat natijasida 25 nafar doimiy, 70 dan ziyod mavsumiy ishchi bandligi ta’minlangan. Omilkorlarning ta’kidlashicha, pomidor va bulg‘or qalampiri ko‘chatlari hamda hosilidan yiliga 300 million so‘mgacha, gul ko‘chatlaridan esa 100 million so‘mgacha daromad kelib tushmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |