
Poytaxtimizda Prezident Xalq qabulxonasi, Toshkent shahar hokimligi va qator mas’ul tashkilotlar hamkorligida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Qabulga kelgan fuqarolar o‘z murojaatlarini bevosita mas’ul tashkilot vakillariga yo‘lladi va har bir yo‘nalish uchun alohida xonalar ajratildi. Fuqarolar bilan suhbat jarayonida ularning muammo va kamchiliklari o‘rganildi.
Xususan, Bektemir tumanida istiqomat qiluvchi Z.T. uch nafar farzandidan ikki nafari nogiron ekanligini ma’lum qilib, ularni yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotganini bildirdi va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda yordam so‘radi. Unga tadbirkorlikni boshlash uchun zarur yordam ko‘rsatish, farzandlariga tibbiy yordam va ta’limda ko‘mak berish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Chilonzor tumani 8-mavzeda istiqomat qiluvchi N.M. turar joyni xususiylashtirish, farzandi uchun o‘qish va ish masalalarida yordam so‘rab murojaat qildi. Fuqaro uyining kommunal tizimini yaxshilash, xususiylashtirish bo‘yicha yechim topish va umumiy turmush sharoitni yaxshilash yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
Yu.M. esa singlisiga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish, uyidagi ta’mirlash ishlarini yakunlash va atrofini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha murojaat qildi. Bu bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.
Uchtepa tumani fuqarosi A.L. uy sharoitlarini yaxshilash, moddiy yordam ko‘rsatish va farzandining sog‘lig‘i bo‘yicha murakkab kasalliklar uchun tizimli yechim topish masalasida murojaat qildi. Uning murojaati asosida tegishli tashkilotlarga vazifalar yuklandi.
Shuningdek, M.T. katta farzandining oliy ta’lim muassasasida kontrakt to‘lovini amalga oshirishda yordam so‘radi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga ko‘maklashish va kichik farzandini ta’lim kurslariga joylashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Chilonzor tumanida yashovchi D.J. esa yashash joyi yaqinidagi korxona zaharli chiqindilar chiqarib, atrof-muhitga zarar yetkazayotgani haqida shikoyat qildi. Bu masala bo‘yicha korxona faoliyatini tekshirish va natijalariga ko‘ra zarur choralar ko‘rish topshirildi.
Barcha murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |