Xalq orasiga kirib borish, ular bilan yuzma-yuz muloqot qilish, dardu tashvishlarini tinglash, muammolarini hal etish maqsadida tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyati aholisi uchun ommaviy sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.
Jizzax shahridagi “Maxsus iqtisodiy zona” direksiyasi binosida Jizzax shahri, Forish va Sharof Rashidov tumanlari aholisi uchun tashkil etilgan ommaviy sayyor qabulda fuqarolar tibbiyot, ichki yo‘llar, subsidiyalar, uy-joy ta’mirlash, elektr tarmoqlari, ichimlik suvi ta’minoti, kredit va boshqa masalalar bo‘yicha murojaat qildilar.
Barcha murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli topshiriqlar berildi va muammolarni belgilangan muddatlarda ijobiy hal etish choralari ko‘rilishi ma’lum qilindi.
Do‘stlik tumanidagi “Madaniyat markazi” binosida tashkil etilgan navbatdagi ommaviy sayyor qabulda Paxtakor, Do‘stlik, Mirzacho‘l, Arnasoy va Zafarobod tumanlari aholisining murojaatlari tinglandi.
Murojaatlar asosan ish bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash muassasalarida davolanish, kam ta’minlangan oilalarning uy-joyini ta’mirlash va ijtimoiy holati og‘ir bo‘lgan fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish kabi qator masalalarga oid bo‘ldi.
Shuningdek, sayyor qabul davomida yo‘l, suv, suyultirilgan gaz, elektr ta’minoti kabi infratuzilma masalalariga oid murojaatlar ham kelib tushdi. Mazkur muammolar Respublika ishchi guruhi vakillari tomonidan ro‘yxatga olinib, bevosita joyiga chiqib o‘rganildi.
Mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli topshiriqlar berildi va muammolarni belgilangan muddatlarda ijobiy hal etish choralari ko‘rilishi ma’lum qilindi.
– Kommunal to‘lovlar bo‘yicha Do‘stlik tuman suv xo‘jaligiga, uy-joy kadastri hujjatlari bo‘yicha tuman kadastriga bir necha marotaba murojaat qilgandim, lekin masalam hal bo‘lmayotgan edi, – deydi Do‘stlik tumani Manas mahallasida istiqomat qiluvchi Abdusalom Turdibekov. – Respublika ishchi guruhi sayyor qabuliga kelib murojaat qilgandim, mana shu joyning o‘zida har ikkala masalamni ham bir pasda hal qilib berishdi.
Respublika ishchi guruhining Jizzax viloyatidagi ommaviy sayyor qabuli Baxmal va G‘allaorol tumanlari aholisi uchun G‘allaorol tumanidagi xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi binosida tashkil etildi.
Murojaatlar asosan ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, mehnat faoliyatiga doir, tibbiy xizmatlardan foydalanish, muolaja olish, davolanish, kam ta’minlangan oilalarning uy-joyini ta’mirlash, moddiy yordam masalalariga oid bo‘ldi.
G‘allaoroldagi sayyor qabullarda fuqarolar o‘z murojaatlarini Prezident Xalq qabulxonalari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy sud, Sudyalar Oliy kengashi, Bosh prokuratura, shuningdek, yigirmadan ortiq vazirlik va idora rahbarlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish imkoniga ega bo‘ldilar.
Aksariyat murojaatlar sayyor qabulning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, o‘rganish vaqt talab qiladigan muammolar bo‘yicha mas’ullar biriktirildi.
Har bir murojaat nazoratga olinib, tegishli idoralarga ijrosi yuzasidan topshiriqlar berildi.
O‘tkazilayotgan sayyor qabullar fuqarolar murojaatlarini tezkor va samarali hal etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Muammolar joyida aniqlanib, ularni hal etish choralari ko‘rilmoqda. Shu boisdan ham aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchi ortib bormoqda.
– Men, Feruza Turdiyeva Arnasoy tumani G‘afur G‘ulom mahallasida istiqomat qilaman. Turmush o‘rtog‘im buyragidan uch marta operatsiya bo‘lib, nogiron bo‘lib qoldi. Hech qayerda ishlamaymiz. Ehtiyojmand oilalar ro‘yxatida turamiz. Uy- joyimiz ta’mirga muhtoj bo‘lib qoldi. Shunga yordam so‘rab, Respublika ishchi guruhining sayyor qabuliga kelib murojaat qilgandim. Tegishli tashkilotlarga topshiriq berishib, “Muammongiz 15 kun ichida hal bo‘ladi”, deyishdi. Biz kabi ehtiyojmand oilalarning muammolarini hal qilayotgan sayyor qabullarni tashkil etganlarga mingdan ming rahmat.
Respublika ishchi guruhining ommaviy sayyor qabullari Jizzax viloyatining barcha hududlarida bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |