Joriy yilning birinchi choragida Samarqand viloyatidagi to‘rt sektorning har birida bittadan mahallada, ya’ni Narpay tumanidagi Bo‘ston, Payariqdagi Xalqobod, Urgutdagi Mo‘minobod va Jomboydagi Sarqipchoq mahallalarida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish ko‘zda tutilgan.
Ayni paytda ushbu hududlarning barchasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilanib, amaliy ishlarga kirishildi. Viloyat va sektorlar rahbarlari, Xalq qabulxonalari va mutasaddi idoralar mas’ullari mahallalarda bo‘lib, jarayon bilan yaqindan tanishmoqda, aholi bilan suhbatlashib, qo‘shimcha vazifalar belgilab olinmoqda.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboyev viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i mas’ul bo‘lgan 2-sektordagi Mo‘minobod mahallasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Urgut tumanining tog‘li hududida joylashgan olis mahallalaridan biri bo‘lgan Mo‘minobodda yo‘l, toza ichimlik suvi, elektr energiyasi ta’minoti, aholi bandligini ta’minlash masalalarida bir qator muammolar mavjud. Viloyat rahbari va mas’ullar Qatag‘on, Xo‘jabdol, Chumchuqli qishloqlarida bu borada belgilangan chora-tadbirlar va ularning ijrosi bilan qiziqdi.
Dastur doirasida ushbu qishloqlardagi 28,4 kilometr ichki yo‘llarga shag‘al yotqiziladi, 12,1 kilometr yo‘l asfaltlanadi. 80 dona yaroqsiz simyogochlarni temir- beton ustunlarga almashtirish, 6,0 kilometr SIP kabellar tortish, mavjud 10 ta transformatorni joriy ta’mirlash va 4 dona qo‘shimcha transformator o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish holati o‘rganilib, qo‘shimcha gaz ballonlar tarqatiladi.
Bunyodkorlik ishlari jarayonida mahalladagi ta’lim va tibbiyot muassasalari joriy va kapital ta’mirlanadi.
Viloyat rahbari mahallada savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti, sport maydonchalari tashkil etish zarurligini ta’kidladi.
Mas’ullar va mahalla faollari bilan muloqot davomida aholi murojaatlari ham tinglandi. Fuqarolar hududdagi sobiq vino zavodi o‘rnida ishlab chiqarish korxonasi tashkil etish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida kasanachilikni rivojlantirish, aholi tomorqalarini sug‘orish uchun suv ta’minotini yaxshilash, mahalladan tuman markaziga avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar yuzasidan viloyat hokimidan yordam so‘radi.
Barcha murojaatlar yuzasidan mas’ullar belgilanib, hududni obod maskanga aylantirish davomida bu masalalar ham ijobiy hal etilishi zarurligi ta’kidlandi.
– Odamlarni dasturga kiritildi, ko‘rib chiqilmoqda, degan gaplar qanoatlantirmaydi, ular aytgan masalalari hal etilishi, muammolariga yechim topilishini istaydi va bu ularning hayotida o‘z ifodasini topishi kerak. Shuning uchun har bir masalani puxta o‘rganib, tuman va viloyat darajasidagi muammolarni shu yerning o‘zida hal etish choralarini ko‘rish lozim. Respublika darajasidagi masalalar bo‘lsa, tegishli vazirlik va idoralarga chiqamiz, – dedi viloyat rahbari A.Boboyev.
Muloqot davomida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, buning uchun layoqatli fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, maqsadli harakatlarga undash, tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratish zarurligi qayd etildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Тадбиркорлик фаолияти учун имтиёзли кредитлар дастурлари асосида (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |