2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Nogironligi bo‘lganlarga to‘siqsiz muhit yaratiladi

Termizda nogironligi bor shaxslarga qulay va to‘siqsiz muhit yaratish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Surxondaryo viloyati hokimining masalaga aloqador o‘rinbosarlari, viloyat qurilish va uy-joy kommunal, ichki ishlar boshqarmalari, ekspertiza, buyurtmachi, loyihachi va qurilish tashkilotlari rahbarlari ishtirok etgan tadbirda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ijtimoiy inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bahodir Nishonov nogironligi bor shaxslarga qulay va to‘siqsiz muhit yaratish yuzasidan  loyihalar taqdimotini o‘tkazdi.  

Taqdimotda yirik aholi punktlarining asosiy avtomobil yo‘llaridagi piyodalar yo‘lakchalarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zarur sharoitlarni yaratish, qulay panduslar barpo etish, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslar uchun ovozli svetofor o‘rnatib, sariq rangli yo‘lakchalar tashkil etish va to‘siqsiz muhit yaratishning samarali yo‘llari bilan tanishtirdi. Viloyatdagi ijtimoiy soha ob’ektlarida bu ishlarni sifatli yo‘lga qo‘yish haqidagi fikr-mulohazalar tinglandi. Joriy yilga mo‘ljallangan  rejalari muhokama etildi.

Termiz shahrida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslar uchun ovozli svetoforlar, piyodalar yo‘lida sariq rangli yo‘lakchalar tashkil etishga e’tibor kuchaytirilmoqda. Jumladan, o‘tgan yil viloyat markazidagi Alisher Navoiy ko‘chasi tanlab olinib, tegishli hududlarida sariq rangli yo‘lakchalar barpo etildi. Hozir hududdagi chorrahalarga 8 ta ovozli svetofor joylashtirilyapti.

Joriy yil At-Termiziy ko‘chasida nogironligi bor shaxslar harakatlanishi uchun barcha sharoit yaratilayotir. Shuningdek, ko‘p qavatli uylarning yo‘laklari va liftlari ko‘zi ojiz shaxslar uchun moslashtirilmoqda. Davlat tashkilotlarining kirish qismlarida sariq yo‘laklar va brayl alifbosi moslamasi ko‘rsatkichli bino xaritalari tashkil etilmoqda.  

Viloyat  hokimi  Ulug‘bek Qosimov ishtirok etgan yig‘ilishda joriy yil vohadagi tuman markazlari va yirik aholi punktlarida ham  nogironligi bo‘lgan shaxslar erkin harakatlanishi uchun to‘siqsiz, qulay muhit yaratish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

07.02.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar