2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aholi turmushi bilan bog‘liq masala va muammolar samarali hal etilmoqda

Mamlakatimizda aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish kabi yo‘nalishlarda Respublika ishchi guruhi tomonidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, o‘tgan bir hafta mobaynida ishchi guruh Qashqadaryo, Sirdaryo va Andijon viloyatlarining eng olis, chekka hududlarida o‘z faoliyatini davom ettirdi.  

Uning tarkibiga Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi  boshchiligida Oliy sud, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar, Mudofaa, Adliya, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda boshqa qator idoralardan mas’ul rahbar va xodimlar jalb etildi.  

Aholi muammolarini tezkor va samarali hal etish maqsadida joylarda 700 ga yaqin sayyor qabul o‘tkazilib, ularga 8,5 mingga yaqin murojaat kelib tushdi. Shulardan 5,5 mingga yaqini joyida o‘z yechimini topdi, qolgan qismi esa qo‘shimcha o‘rganish, vaqt va mablag‘ talab qilgani sababli ijro uchun nazoratga olindi.  

Kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi sud-huquq, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlik, moddiy yordam, kommunal va infrastruktura bilan bog‘liq masalalardir.  

Shular asosida mahallalarda 52 kilometr ichki yo‘l asfaltlashtirildi va shag‘allashtirildi. 78,1 kilometr uzunlikdagi elektr tarmog‘i va 62 ta transformator ta’mirlanib, 503 dona temir-beton ustun o‘rnatildi va 47 kilometr elektr uzatish tarmog‘i tortildi.  

Respublika ishchi guruhi vakillarining xonadonbay o‘rganishlari natijasida esa 2 mingdan ziyod xonadonlarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ko‘mir yoqilg‘isi bilan bog‘liq muammolari bartaraf etildi, 200 ga yaqin gaz taqsimlash punkti ta’mirlandi, qo‘shimcha 178 mingta suyultirilgan gaz ballon tarqatildi.  

Bundan tashqari, hududlardagi maktab, bog‘cha va oilaviy poliklinikalarda issiqlik tizimlari ko‘zdan kechirilib, kamchiliklar bartaraf etildi.  

Joylarda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida olib borilgan ishlar natijasi ham aholini quvontirdi.    

Xususan, ishsizlik va kambag‘allik darajasi yuqori va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir, chegara va olis hududlarda joylashgan jami 118 ta mahallada mehnat yarmarkalari o‘tkazildi va ishsiz fuqarolar bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirildi.  

Bundan tashqari,  “G‘ijduvon tajribasi” asosida rejalashtirilgan 469 ta loyihadan 34 tasi ishga tushirildi va shuning natijasida 735 ta yangi ish o‘rni yaratildi.  

Tijorat banklari tomonidan “Sayxunobod tajribasi” asosida jami 113,9 milliard so‘m miqdoridagi 4,9 mingta mikroloyiha amalga oshirilgani va 11 mingga yaqin aholining bandligi ta’minlanganini ham alohida qayd etish lozim.  

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida esa 1,4 mingga yaqin fuqaroga jami 23,5 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.  

“Uychi tajribasi” asosida “mijozbay” ishlash orqali 5,6 mingdan ziyod fuqaroga doimiy ish o‘rni yaratildi.  

Shuningdek, mahallalarda xotin-qizlar o‘rtasida “Qadriyatlarimiz – bebaho boyligimiz”, “Jaholatga – qarshi ma’rifat” kabi mavzularda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mas’ullari tomonidan targ‘ibot tadbirlari, sport musobaqalari o‘tkazildi, 151 nafar ehtiyojmand xotin-qizga tikuv mashinalari va asbob-uskunalar taqdim etildi.  

Respublika ishchi guruhi navbatdagi manzil sifatida Surxondaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida o‘rganish ishlarini olib boradi. 

04.02.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar