Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish hajmi ortmoqda

Tahlillarga ko‘ra, Toshkent viloyatida o‘tgan yil barcha tuman-shahar Davlat xizmatlari markazlari orqali aholiga 1 million 442 ming 494 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan. Shundan 606 ming 30 tasi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan mustaqil ravishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali yuborilgan.

Yil yakuniga ko‘ra, 6 ta tuman va shahar Davlat xizmatlari markazi orqali eng ko‘p davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Jumladan, Angren, Olmaliq, Chirchiq shaharlari, Zangiota, Qibray va O‘rta Chirchiq tuman DXMda ko‘proq bo‘lgan. 

– 2024 yilda davlat ro‘yxatidan o‘tgan tadbirkorlik sub’ektlari soni 26 489 tani tashkil etgan bo‘lsa, shundan, 6 068 tasi yuridik shaxslar, 20 421 tasi yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik sub’ektlaridir, – deydi Toshkent viloyati adliya boshqarmasi sho‘’ba mudiri Xurshid Pirnazarov. – DXMlar orqali 39 ta Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tdi. Ayniqsa, olis, chekka hududlarda istiqomat qiluvchi aholining davlat xizmatlariga bo‘lgan talab va ehtiyojini qondirish maqsadida muntazam sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Joriy yilda ham bu boradagi sa’y-harakatlarni samarali tashkil etish rejalashtirilgan. 

Shu kunlarda “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida soha mutaxassislari joylarda “mahalla yettiligi” a’zolari hamkorligida targ‘ibot tadbirlari olib bormoqda. Unda fuqarolarning kundalik hayotidagi muammolari ko‘rib chiqilib, “Huquqiy mahalla” platformasiga kiritilmoqda. Mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan esa choralar belgilanib, ish yurituviga olinmoqda. 

31.01.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar