O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi tomonidan o‘tgan yilda viloyat, tuman va shahar sektor rahbarlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda aholi murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini hal etish bo‘yicha bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
– Davlatimiz rahbarining Buxoro viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar bo‘yicha viloyatdagi murojaatlar soni yuqori bo‘lgan mahallalarda sektorlar hamda boshqarma va tashkilotlar rahbarlarining sayyor qabullari tashkil etildi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi Ma’mur Rahmonqulov. –O‘tkazilgan sayyor qabullar davomida 19 337 ta murojaatning 14 270 tasi ijobiy hal etilishi ta’minlandi. Ijobiy ishlar natijasida fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga murojaatlar soni kamayishiga erishildi.
Qilingan ishlar bilan bir qatorda ayrim kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilgan. 2024 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali Buxoro viloyati aholisidan 62 mingga yaqin masalaga oid murojaat kelib tushgan bo‘lib, asosan, 18 yoshgacha bolalar nafaqasi, aliment undirish, muhtojlarga bir martalik moddiy yordam, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar, ish bilan ta’minlash, mahalla ichki yo‘llarini qurish, ta’mirlash, shag‘allashtirish, asfaltlash hamda davolanish va jarrohlik amaliyoti uchun moddiy yordam masalalari eng ko‘p ko‘tarilgan.
Jami murojaatlarning 8 847 tasi yoki 14 foizini takroriy murojaatlar tashkil qiladi. Ushbu takroriy murojaatlarning 2 759 tasi ijobiy hal etilganligi, fuqarolar tomonidan dastlab berilgan murojaat yetarli darajada o‘rganilmaganligidan dalolat bermoqda.
Davlat idoralari xodimlarining faoliyati va xatti-harakatlari bilan bog‘liq 5 314 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan eng ko‘p mahalla raisi (xodimlari) (543 ta), sog‘liqni saqlash sohasi xodimi (473 ta), profilaktika inspektori (368 ta), bank xodimi (366 ta), ichki ishlar organi xodimi (340 ta), ta’lim sohasi xodimi (333 ta), majburiy ijro byurosi xodimi (311 ta), prokuratura xodimi (211 ta), yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi (218 ta) va hokimlik xodimi xatti-harakatlaridan (202 ta) norozi bo‘lib yo‘llangan.
Sektorlar faoliyati bilan bog‘liq murojaatlarni ijobiy hal qilish darajasi Buxoro shahrining barcha sektorlarida, Olot tumani 4-sektorida, Jondor tumani 1- va 2-sektorlarida, Shofirkon tumani 2- va 4-sektorlarida hamda G‘ijduvon tumani 4-sektorida eng past ko‘rsatkichlar qayd etilgan.
Xalq qabulxonalari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish hamda tahlillarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga 328 ta taqdimnoma, 165 ta taklif hamda xalq deputatlari Kengashlariga 199 ta axborot kiritildi.
Kamchiliklar bartaraf qilinishi bilan bir qatorda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning 349 nafar xodimi ogohlantirildi, 102 nafar xodimiga nisbatan “hayfsan”, 14 nafar xodim oylik ish haqidan jarimaga tortildi, 40 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi va 24 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |