Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Viloyat hokimi tadbirkorlar bilan uchrashdi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tadbirkorlar hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga mas’ul soha xodimlari bilan uchrashdi.

Tadbirda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari Ayubxon Kamalov, AT “Xalq banki” departamenti rahbari Farhod G‘afurov ishtirok etdi. Unda mamlakatimizda keyingi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan tadbirkorlikni rivojlantirish, qulay muhit va zarur shart-sharoitlar yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.   

Jumladan, Andijon viloyatida ham mazkur yo‘nalishda aniq manzilli, samarali ishlar olib borilayotganligi alohida qayd etildi.   

Uchrashuvda viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay muhit hamda moliyalashtirish tizimini shakllantirish, tadbirkorlar uchun infratuzilma va kafolatli bozor yaratish bo‘yicha amalga oshirilishi muhim vazifalar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish, xususan,  tadbirkorlarga yer maydonlari ajratish, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, eksport salohiyatini oshirish borasidagi masalalar muhokama qilindi.   

Uchrashuv davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga viloyat hokimi va mutasaddilardan atroflicha javob oldi. 

15.01.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar