2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ishli, daromadli ayollar soni ortmoqda

Mamlakatimizda “Ayollar daftari” joriy qilinib, xotin-qizlarga ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, huquqiy va psixologik ko‘mak berish tizimi yo‘lga qo‘yilgani muhim samara bermoqda. Farg‘ona viloyatida ham mazkur yo‘nalishda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

– Xotin-qizlarni ishli qilish va ularni doimiy daromadli ish bilan ta’minlash davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib kelmoqda, – deydi viloyat hokimi o‘rinbosari Komila Kavlonova. – O‘tgan yilda tuman va shaharlardagi 800 mingdan ortiq 30 yoshdan yuqori bo‘lgan xotin-qizlar o‘rtasida anketa-so‘rovnomalar asosida xatlov ishlari amalga oshirildi. Xatlov yakunlariga ko‘ra, nizom asosida 6 ta toifa bo‘yicha 109 ming 506 nafar xotin-qiz tuman, shahar Kengashlarining tegishli sessiyalari qarorlari asosida “Ayollar daftari”ga kiritildi. Xotin-qizlarga tegishli amaliy yordamlar ko‘rsatilib, respublika va mahalliy byudjeti hamda boshqa manbalar hisobidan  69,5  milliard so‘m mablag‘ sarflandi.  

Quvonarlisi, xotin-qizlar orasida hunar egallamoqchi bo‘lganlari anchagina. Shu bois 12 ming 465 nafari  kasb-hunarga o‘qitildi, 3 ming 742 nafariga subsidiya ajratilib band qilindi. Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan xotin-qizlarning 4 ming 708 nafariga 30,3 milliard so‘mlik imtiyozli kredit hamda subsidiyalar ajratildi.  

Ushbu ezgu tashabbusning davomi sifatida “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi boshlangani hech bir xotin-qiz e’tibordan chetda emasligini ko‘rsatdi.  

Viloyatda 1 ming 63 ta mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘lib, ayni paytda “mahalla yettiligi” sektorlar ishchi guruhlari bilan birgalikda anketa-so‘rovnoma asosida xotin-qizlarning barcha yo‘nalishdagi muammolari uyma-uy yurish orqali o‘rganib chiqilmoqda. Xususan, “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi Buvayda tumanida ham belgilangan tartib asosida olib borilmoqda. Xatlov ishlari davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga alohida e’tibor qaratilmoqda.    

– Mahallamizda istiqomat qilayotgan 3 ming 510 nafar aholidan 1 ming 776 nafari ayollar. Ularning 652 nafari 30 yoshdan oshgan xotin-qizlardir, – deydi Buvayda tumani “Yangi hayot” MFY xotin-qizlar faoli Sadoqat Boymatova. – Hozirda har bir xonadonga kirib, xotin-qizlar bilan suhbatlar o‘tkazish orqali ularni qiynayotgan muammolarni anketa-so‘rovnomasiga qayd etyapmiz. Maqsadimiz ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish va ko‘maklashishdan iboratdir. Mana o‘tgan yili 5-bosqich doirasida 105 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgan edi. Ularning barchasiga toifalar bo‘yicha zarur ko‘mak ko‘rsatilishi natijasida muammolariga yechim topildi.  

Shu tumanning “Yangi hayot” MFYda yashovchi Umidaxon Rahmonova ham ishsizligi bois “Ayollar daftari”ga olingan edi. U kasb-hunar egallashni afzal bildi. Monomarkazda tikuvchilikni o‘rgandi. Ko‘p o‘tmay binoyidek tikuvchiga aylandi. Unga subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi. O‘rgangan hunari asosida uyida tikuvchilikni boshlab, kam bo‘layotgani yo‘q.  

Shu mahallada yashovchi Gavhar Mamajonovaning ham boshidan ko‘p sinovlar o‘tdi. Voyaga yetgan o‘g‘li ishlab pul topaman, deganda avtohalokatga uchrab, sog‘ligidan ayrildi. Ona esa uni tashlab biror joyga borib ishlay olmadi. O‘rganish ishlari davomida u ham “Ayollar daftari”ga kiritildi. Gavhar opa o‘rganishga kelgan ishchi guruhga uyida qandolatchilik yo‘nalishida tadbirkorlik qilish istagi borligini aytdi. Shu asosida unga kredit ajratildi. Yaxshi niyatda boshlangan ish tezda yurishib ketdi. Dastlab o‘zi, buyurtmalar soni ko‘paygach esa qo‘shnilarini yordamchilikka oldi. Mana hozir u bilan 10 nafar qo‘shni ayollar mehnat qilmoqda.  

– Shukr, qiyin kunlar ortda qoldi. “Ayollar daftari” orqali yelkamga oftob tegdi. Ko‘rsatilgan ko‘mak sabab ishlarim yurishib ketdi. Ko‘z tegmasin, mahsulotlarimni bozori chaqqon. Hozir Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarigacha mahsulot yetkazib beryapman, – deydi Gavhar Mamajonova.  

Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda boshlangan ushbu xayrli va ezgu tashabbus qiynalgan ayollarga madad bo‘lib, orzularini ro‘yobga chiqarishga imkon bermoqda.  

13.01.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar