Prezident topshirig‘i amalda
Prezidentimiz raisligida 2024 yil 16 dekabr kuni banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. Unda qayd etilganidek, “Uychi”, “Sayxunobod”, “Zarbdor” va “G‘ijduvon” tajribalari doirasida 3 million 300 ming aholi doimiy daromadga ega bo‘ldi. Jami rasman band bo‘lganlar ilk bor 10 million 500 ming nafarga yetdi. Ular orasida Parkent tumanida yashovchi Fotima Boyeva ham bor.
Davlatimiz rahbari videoselektor yig‘ilishi davomida ilgari “ayollar daftari”ga kiritilgan, lekin ko‘mak va intilish tufayli tadbirkorga aylangan parkentlik Fotima opa bilan ham suhbat qilib, faoliyati bilan qiziqqan edi.
– Joylardagi xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta’minlash davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan bo‘lmoqda, – deydi Parkent tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Marg‘uba Inoyatova. – Birgina o‘z hududimiz misolida aytsak, 2024 yilda “Ayollar daftari”da ro‘yxatga olingan 3 ming 888 nafar xotin-qizning 182 nafariga imtiyozli kredit ajratildi. Natijada ishsiz ayollar bilan birga o‘nlab ish qidirayotgan, ammo hunarli yoshlarning ham doimiy ish bilan ta’minlanishiga erishildi.
Xususan, Samarobod mahallasida istiqomat qiluvchi Fotima Boyeva bir necha yillar avval ro‘zg‘orining mayda yumushlaridan ortmayotgan oddiy uy bekasi edi. Endilikda, u tadbirkor ayol sifatida ishonch bilan harakat qilmoqda. Uning aytishicha, xonadoniga xatlov yuzasidan kelgan mahalla vakillari bilan atroflicha suhbatlashgan va 2022 yilda imtiyozli ravishda 29 million so‘m kredit oldi. Mahalliy fermerlardan mayiz xarid qilib, navlar asosida qadoqlangan mahsulot sotuvini yo‘lga qo‘ydi.
– Izlangan va imkon istaganga sharoit bor ekan, – deydi F.Boyeva. – Bir necha yil davomida qaytarish kerak bo‘lgan kreditni daromadimiz yaxshi bo‘lgani sabab muddatidan oldin to‘ladik. Yana bir tashabbus asosida 50 million so‘m miqdorida imtiyozli kreditni naqd shaklda oldik. Buning natijasida o‘ndan ziyod ayollar ishli bo‘ldi. Ular o‘z uylarida bo‘lgan holda uzumni quritib, mayizni qadoqlab, har oyda 3-4 million so‘m daromad topmoqda. O‘zimiz yiliga 120 million so‘m sof daromadga ega bo‘ldik. Yashash sharoitim yaxshilandi, o‘g‘lim va kelinimni hozirda o‘qitmoqdaman.
Bu onaxon “Ayollar daftari”dan chiqib, davlatdan ko‘magi asosida hozir ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga homiylik qilmoqda. Bundan ko‘rinadiki, berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, harakat va ishbilarmonlikda gap katta.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |