2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ayollar muammolari hal etilmoqda

Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va “Ayollar daftari” tizimi orqali opa-singillarimizni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni hal etishning muayyan tizimi yaratilgani mamlakatimiz va xalqaro miqyosda ham alohida e’tirof etilmoqda.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda “Ayollar daftari”ga kiritilgan 1 million 265 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning 995 ming 239 nafariga (99,5 %) yordam ko‘rsatildi.  

Jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 548 ming 857 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi. 35 ming 968 nafar xotin-qizga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun jami 362,4 milliard so‘m miqdorida kreditlar ajratildi.

Boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan 160 ming 893 nafar xotin-qizlarga 157,3 milliard so‘m miqdorida moddiy yordamlar ko‘rsatildi.

Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek tezkor tibbiy muolajaga muhtoj bo‘lgan 181 ming 724 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga 184,1 milliard so‘m miqdorida moddiy yordamlar ajratildi.

5 ming 459 nafar xotin-qizlarga turar-joy uchun jami 10,1 milliard so‘m miqdorida ijara kompensatsiyasi to‘lab berildi.

Qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud 61 ming 906 nafar xotin-qizlarga jami 61,4 milliard  so‘m miqdorida moddiy yordamlar ko‘rsatildi.  

Ularning 1 ming 470 nafariga tomorqasidan samarali foydalanishiga ko‘maklashildi hamda buning uchun 1,2 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Shuningdek, 2  ming 794 nafarining uy-joylarini ta’mirlab berish uchun 15,1 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.

2 ming 56 nafar og‘ir turmush sharoitida yashayotgan tibbiy yordamga muhtoj xotin-qizlar va ularning farzandlariga jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilishi uchun Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan 18 milliard 712 million so‘m mablag‘ sarflandi.  

4 ming 647 nafar nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar va voyaga yetmagan bolalar protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlandi.  

Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga mahalliy hokimliklar tomonidan to‘lov-kontrakti to‘lab beriladigan 1 ming 983 nafar talabgorga tavsiyanomalar berildi.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarishga alohida e’tibor qaratilmoqda.  

Qo‘mita va uning hududiy bo‘linmalariga jami 49 ming 588 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 37 foizga kamaygan. Kelib tushgan murojaatlarning 80 foizi qanoatlantirilgan, 18 foiziga tushuntirish berilgan.

Qo‘mita va uning hududiy bo‘linmalari rahbarlari tomonidan  

10 ming 425 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari shaxsiy va sayyor qabul qilindi.

Hukumatning tegishli qarori bilan “xotin-qizlar.uz” platformasi doirasida xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va tizimli hal etish moduli (Muammolarni o‘rganish moduli) ishga tushirildi va ushbu modul orqali aniqlangan muammolar tegishliligi bo‘yicha “mahalla – tuman – viloyat – respublika” darajasida hal etilishi belgilandi.

Bularning barchasi mamlakatimizda ayollarni ijtimoiy himoyalash bo‘yicha aniq mexanizm yaratilgani va uning berayotgan ijobiy samaralari yordamga muhtoj har bir opa-singillarimiz hayotida o‘zining yorqin ifodasini topayotganini yana bir karra namoyon etadi.  

03.01.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar