2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mahallalar infratuzilmasi yaxshilanadi

Prezidentimizning 2024 yil 23 sentyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan og‘ir toifadagi mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash vazifasi belgilangan.

Shu bo‘yicha Toshkent viloyati mahallalarida ham tomorqalardan samarali foydalanish, elektr ta’minoti va ichki yo‘llari “og‘ir” toifadagi manzillar tanlab olingan. Shu asosida hududlarni yaxshilash uchun tuman-shahar hokimliklari va tegishli tashkilotlar bilan birga dastlabki 379 ta loyihaga 3 milliard so‘mdan ziyod mablag‘lar ajratish belgilandi.  

Buning natijasida 25 ming 518 ta xonadon tomorqalarning sug‘orish tizimi yaxshilanadi, 23 ming 682 ta xonadonlarda elektr ta’minoti soz holatga keltiriladi, ichki yo‘llar ta’mirlanadi va 39 ta drenajlar o‘rnatiladi.

Jumladan, Angren, Chirchiq, Yangiyo‘l shaharlari, Bo‘ka, Quyi Chirchiq, Oqqo‘rg‘on, Ohangaron, Chinoz, Yuqori Chirchiq tumanlaridagi tanlangan mahallalar infratuzilmasi yaxshilanib, aholiga qulaylik yaratiladi.  

– Buning uchun birinchi galda mahallardagi tomorqa yerlarni sug‘orishni yaxshilash ishlarini bajarish yuzasidan vazifalar belgilab oldik, – deydi viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Ziyodbek Yo‘ldoshov. – Oxirgi paytlarda ayrim fuqarolar tomonidan bunga yetarlicha e’tibor berilmagani tufayli mavsumda sabzavot ekinlaridan yaxshi hosil olinmagani ma’lum bo‘ldi. Shu sababli bu masalani tizimli hal qilish kerak. Buning uchun mutasaddi tashkilotlarning irrigatsiya bo‘limlari bilan mahalla ko‘chalarida ariqlarni qazish va suv yurishi uchun qulay sxemani ishlab chiqish zarur bo‘ladi. Aholi tomonidan o‘z xonadonida bajarilishi shart bo‘lgan ishlar, tomorqadan samarali foydalanish, hashar va tadbirlarda faol ishtirok etish, mahalla ko‘chalari va tomorqaga nihol ekish, yashab turgan xonadonini ozoda saqlash bo‘yicha choralar ko‘riladi.  

Umuman olganda, o‘tgan davrda bu boradagi sa’y-harakatlar tizimli amalga oshirilayotgan edi. Xususan, Davlatimiz rahbari raisligida joriy yil 28 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishda har bir mahallada kamida 100 tadan xonadonga limon, uzum ko‘chati tarqatish, ko‘chatlar va ko‘p qavatli uylar atrofida aholining tashabbuslari asosida kamida 10 million tup uzum ekish  haqida aniq topshiriqlar berilgan edi.

Shunga asosan Toshkent tumani mas’ullari Hasanboy Guzari mahallasida tomorqa yer egalariga sifatli va kasalliklarga chidamli 500 tup limon  ko‘chatlari yetkazib berildi. Bundan tashqari, tumanning Istiqbol, Sabzavot, Oydin hayot, Qizg‘aldoq va  boshqa mahallalarida ham aholi xonadonlarida limon ekish ishlari boshlab yuborildi. Bu esa kelgusida qoshimcha daromad manbaiga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, tajribali tomorqachilar faoliyatini yanada rivojlantirish borasida ham tizimli ishlar qilinmoqda. Masalan, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining Piskent tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ham limonchilikni rivojlantirish, ko‘chatlarni ekish va parvarishlash, oziqlantirish, o‘simlikni kasalliklardan saqlash to‘g‘risida targ‘ibot tadbirlari olib borilib, tumandagi limon yetishtiruvchi tomorqa yer egalariga zarur tavsiyalar berildi.

Jumladan, Murotali mahallasida yashovchi Akmal Abduqodirov xonadonida barpo etilgan issiqxona ko‘zdan kechirildi. Ko‘p yillardan buyon tomorqachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan dehqon 3 sotixlik yer maydonida issiqxona qurib, 30 tupdan ziyod limon daraxtini parvarish qilib kelmoqda.

– Tumanimiz iqlimi limon yetishtirish uchun juda mos, – deydi A.Abduqodirov. – Mevasining pishib yetilishi uchun issiq harorat zarur. Shuning uchun uni ko‘proq issiqxonalarda yetishtiramiz. Ko‘chatlar yaxshi parvarish qilinsa, 2-3 yilda hosilga kiradi. Har bir daraxt tupidan 300-400 tagacha limon mevasi olib, yiliga ichki bozorga 2-3 tonna hosil yetkazib beramiz. Undan o‘rtacha 30-40 milliondan ziyod daromad qilamiz. Shuningdek, omilkor dehqonlar tajribasi va mutaxassislar tavsiyasi asosida ish olib borilsa, albatta, mo‘l hosil olishga erishiladi.

Umuman olganda, kelgusi yilda bu kabi sa’y-harakatlarni tizimli yo‘lga qo‘yish orqali mahallalarda tomorqadan yaxshi daromad oladigan oilalar ko‘payadi.  

28.12.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar