2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Jo‘raobodliklar Yangi yil bayramini o‘zgacha nishonlamoqda

Yangi yil bayrami arafasida Bo‘ka tumanining olis Jo‘raobod mahallasida bir qator ijtimoiy soha ob’ektlari foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali bayram tadbirida Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev, deputatlar, hamkor vazirlik va idoralar vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, hudud faollari, faxriylar va yoshlar, mahalla aholi qatnashdi.  

Prezidentning tashabbusi asosida tashkil etilgan “Mahalla yettiligi” aholi muammolarini mahallaning o‘zida hal qilish, mahallalarni ishsizlik, jinoyatchilik, oilaviy ajrim, kambag‘allik va migratsiyadan holi hududlarga aylantirishning ishonchli va mustahkam kafolatiga aylanib bormoqda.  

Mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilishi esa hududlarning moliyaviy mustaqilligini oshirish va muammolarini bevosita mahallaning o‘zida mustaqil hal etish imkoniyatini yaratib berdi. Xususan, joriy yilning o‘zida shakllangan mablag‘lardan 15 milliard so‘m mahallalarni obodonlashtirish, zarur vositalar va inventarlar bilan jihozlash, mavjud infratuzilmani rivojlantirish xarajatlariga, 32 million so‘m ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi.  

Ayniqsa, “Mahalla yettiligi”ga qulay sharoit yaratish choralari ko‘rilmoqda. Joylarda olib borilgan bu kabi ishlar natijasida yil boshida aniqlangan ishsizlarning 75 foizi bandligi ta’minlanib, 255 ta mahalla ishsizlikdan holi hududga aylantirildi. Ular qatorida Jo‘raobod mahallasining Guliston qishlog‘i ham bor.  

Tantanali marosimda “Jo‘raobod” mahalla fuqarolar yig‘ini binosi, tibbiyot punkti, mini futbol stadioni ochilib, ramziy lenta kesildi. Ishtirokchilar binolarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Soha mutaxassislari bilan suhbat davomida bu kabi bunyodkorlikdan unumli foydalanish kerakligi aytildi.  

Mahalla markazida tashkil etilgan tadbirda so‘zga chiqqan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev barchani yaqinlashayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklab, o‘z tilaklarini bildirdi.  

– Jo‘raobod mahallasiga Yangi O‘zbekiston nafasini olib kirishni maqsad qilgan edik va bunga erishdik,  – deydi viloyat hokimi Z. Mirzayev. – Hududlar obodligi o‘z qo‘limizda. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda 2025 yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinishi bejizga emas. Barcha mahallalarimizda, har bir xonadonda mevali ko‘chatlar ekish kerak. Ular yaxshi parvarishlansa atrof-muhit sofligi ta’minlanadi, sifatli mahsulotlar olinadi. Aholi bundan manfaatdor bo‘ladi.  

Tadbir davomida el sevgan san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi tashkil etilib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.  

Qayd etish lozimki, qisqa muddatda bu mahallaning qiyofasi o‘zgardi. Mavjud  infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy soha ob’ektlari faoliyatini samarali tashkil etish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari amalga oshirildi. Xususan, yaroqsiz holga kelib qolgan 176 ta elektr simyog‘och yangi temir beton ustunlarga almashtirildi, mavjud 4 ta transformator mukammal ta’mirlandi. Shu bilan birga, 5,4 kilometr uzunlikdagi yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari yangilanib, xonadonlarning kirish qismiga kabellar tortish bo‘yicha ishlar yakunlandi. Shuningdek, 1,6 kilometr ichki ko‘chalar shag‘allashtirildi, karta usulida 4,4 kilometr yo‘lga asfalt yotqizildi. Ichki ko‘chalarga quyosh nuridan quvvat oladigan tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi.  

Bundan tashqari, 5 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i o‘tkazilib, mavjud 3 ta suv inshooti joriy ta’mirlandi. Ko‘chalarning boshiga chiqindi konteynerlari o‘rnatildi va har haftada kamida bir marotaba olib chiqib ketish tizimi joriy qilindi.

Hududdagi ariq-zovurlar tozalandi hamda aholi tomorqalariga oqava suv yo‘llari ta’mirlandi. Mahallada “Yashil makon” umummilliy loyihasini tatbiq etish maqsadida chinor, pavloniya, qayrag‘och hamda terak kabi ko‘chatlar ekildi.

30-sonli umumta’lim maktabi yangi qiyofaga keltirilib, moddiy texnik holati yaxshilandi, o‘quvchilarning ta’lim olishlari uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratildi. Maktab kutubxonasi qayta tashkil qilindi. Qishloqdagi tibbiyot punkti joriy ta’mirlanib, barcha zaruriy qulayliklar qilinishi tufayli aholiga birlamchi tibbiy xizmat yanada yaxshilandi.

Ayniqsa, mahalla yoshlarining sport bilan shug‘ullanishi uchun zamonaviy  kurash sport turiga ixtisoslashgan klub to‘liq ta’mirlandi, mahallada yangi vorkaut maydonchasi qurildi, mavjud bolalar maydonchasi ta’mirlab berildi. Hududdagi ishsiz xotin-qizlar tikuvchilik yo‘nalishida o‘qitildi. Shuningdek, “Sayxunobod tajribasi” asosida 9 nafar ishsiz fuqaroga mikroloyihalarni amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish choralari ko‘rilmoqda.

Umuman olganda, amalga oshirilgan bu kabi sa’y-harakatlar jo‘raobodliklar uchun Yangi yil bayramiga katta sovg‘a bo‘ldi.

29.12.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar