Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Ehtiyojmand oilalarga ko‘mak berildi

Hozirda barcha hududlarda og‘ir sharoitda yashayotgan oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, daromad manbaini yaratib berish, tibbiy xizmat, davolanishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, yashash sharoitlarini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, Buxoro viloyati Kogon tumanida ham mavjud 23 ta mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy qiyin ahvoldagi opa-singillarni qo‘llab-quvvatlash, “Ayollar daftari”ga kiritilganlar uchun qulay daromad manbalari yaratish hamda ko‘mak berishga ahamiyat qaratilmoqda.  

“Ayollar daftari”ning boquvchisi bo‘lmagan xotin-qizlar, ijtimoiy yordamga muhtoj birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj xotin-qizlar toifalariga mansub, uy-joy ta’miriga ko‘mak so‘ragan ayollarning 5 nafariga madad yordami ko‘rsatildi. Uylarning tom qismini ta’mirlash maqsadida “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan har bir ta’mirtalab turar joy uchun 45 donadan shifer, taxta va mix mahsuloti yetkazilgani xonadon bekalarini mamnun qildi.  

Jumladan, “Tuniroq” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Gulixon Husenova, “Xo‘ja yakshaba” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Manzura Mansurova, “Navruz” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Nazira Niyozqulova, “Bahouddin Naqshband” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Rohila Qurbonova, “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Mukarram Jo‘rayeva ana shunday e’tibor va rag‘batdan bahramand bo‘ldi.  

– Turar joyimiz tomi shifer qilinmagani sababli ko‘p yillardan buyon yog‘ingarchilik paytlari tomdan chakki o‘tib, tashvishga qolardik, – deydi Mukarram Jo‘rayeva. – Nihoyat, mahallamizdagi va boshqa mas’ullar yashash sharoitimni ko‘rganidan so‘ng, nochor paytimizda bizga madadkor bo‘lishmoqda. Uyimizni ta’mirlashga yaqindan yordam berayotganlarga katta rahmat.  

25.12.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar