Sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.
Sirdaryo tumanining Oqibat mahallasida Sirdaryo viloyatidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabul esa har jihatdan qaralganda nihoyatda foydali bo‘ldi.
–Sayyor qabul davomida turli mavzularda murojaatlar bo‘ldi,–deydi Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Zohidov.–Uy-joy, meros huquqi bo‘yicha, yashaganlik faktini belgilash, tadbirkorlik faoliyati, uni ro‘yxatdan o‘tkazish kabi muammo va masalalarda murojaat qilishdi. Ayrim murojaatlar shu yerda hal etilgan bo‘lsa, vaqt talab etiladigan murojaatlar yuzasidan huquqiy maslahat va tavsiyalar berildi.
Jumladan, "Elobod"lik Rahimjon Qurbonov faoliyatini yakka tadbirkor sifatida davom ettirish yuzasidan qilingan murojaat viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tinglanib, unga shu yerning o‘zida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, yakka tartibdagi tadbirkorlardan undiriladigan soliqlar haqida tushuntirish berildi.
Taraqqiyot mahallasidan kelgan Jamshid Abdurazzoqovning noturar joy uchun elektr tarmog‘iga ulanishda muammolarga duch kelayotgani bo‘yicha murojaati joyida ijobiy hal etilib, Vazirlar Mahkamasining "Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qaroriga asosan elektr tarmoqlariga ulanish uchun ruxsatnoma olish bo‘yicha tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan sayyor xizmat ko‘rsatildi.
Shuningdek, sayyor qabulda aliment undirish, uy-joy, meros ishi, yashaganlik faktini belgilash kabi mazmunda 10 ga yaqin murojaat tinglanib, o‘rganish muddat talab qiladigan 4 ta murojaat ish yurituvga olindi, 2 ta murojaat joyida o‘z yechimini topdi.
Boshqa murojaatlar yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berildi. Ulug‘bek Muysinjonov tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit olish, Ozod Yusupovning esa tadbirkorlik bilan shug‘ullanish maqsadida e-auksion orqali ko‘chma savdo do‘koni uchun yerni auksionga chiqarish bo‘yicha amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatlari ham ijobiy yechim topdi. Eng muhimi, sayyor qabul davomida har bir murojaat ish yurituviga olinib, uning ijrosi yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |