Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Xalq qabulxonalariga “Cobalt” avtomobillari topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qashqadaryo viloyati shahar va tumanlaridagi Xalq qabulxonalariga 15 ta “Cobalt” rusumli xizmat avtomashinalari tantanali topshirildi.

Tadbirda xalq qabulxonalari bugungi kunda aholi muammolarini o‘rganish va ularning echimlari topishda samarali tizimni yo‘lga qo‘ygani bois fuqarolar murojaatlarini qabul qilishda ovoragarchiliklarning kamaygani, bundan tashqari tizimga ko‘plab mutasaddi tashkilotlar vakillarining jalb etilgani sababli murojaatlarning aksariyati joyida hal etilayotgani ta’kidlandi. 

– Davlatimiz rahbarining joriy yil 17-yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoniga ko‘ra, xalq qabulxonalari vakillariga aholi xonadonlarida uyma-uy yurib, ularning muammolarini o‘rganish, tahlil qilish hamda sektorlar faoliyatini nazorat qilish kabi vazifalar yuklatilgan edi, – deydi Kasbi tuman xalq qabulxonasi mudiri Abdiali Xolov. – Mazkur farmonda xalq qabulxonalarini avtomashinalar bilan ham ta’minlanishi ko‘zda tutilgan edi. Mana bugun “Cobalt” rusumli xizmat avtomashinalarini qabul qilib oldik. Albatta bu rag‘bat zimmamizdagi mas’uliyatni yanada oshiradi. Bu mashina tumandagi olis-olis qishloqlarga ham bemalol borib kelish, u erdagi aholi muammolarini atroflicha o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Viloyat shahar va tumanlaridagi Xalq qabulxonalariga 2018-yilda jismoniy va yuridik shaxslardan 20 ming 305 ta murojaat kelib tushgan, ularning 12 ming 282 tasi qanoatlantirilgan. 

Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Ro‘ziev ishtirok etdi. 

O‘.Barotov, O‘zA
 

11.02.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar