2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Matonat timsoli

Tashvishlar hech kimni chetlab o‘tmaydi. Ammo gohida kichkina muammolar oldida ham o‘zimizni ojiz his qilamiz, tushkunlik hissi bizni o‘z iskanjasiga oladi.

Hayotdan noliymiz. Aslida inson matonati, sabr-bardoshi bilan inson, har qanday og‘ir damda ham o‘zligini yo‘qotmagani bilan aziz va hurmatlidir.

– Bundan to‘rt yil muqaddam men to‘rt muchasi sog‘lom, hayotga mutlaqo boshqacha ko‘z bilan qaraydigan ayol edim, – deydi surxondaryolik Dilorom Yo‘ldosheva. – Yoshlik davrimdan tikuvchilik hunariga qiziqardim. Atrofdagi tanish-bilishlardan buyurtmalar olib, ularga chiroyli liboslar tikib berib dilini charog‘on aylardim. Katta oilaga kelin bo‘lib tushdim. Birin-ketin uch nafar farzandning onasi bo‘ldim. Bilasiz, qishloqchilik. Dalada o‘rim-yig‘im ishlari boshlansa, katta-kichik birdek o‘zimizni mehnatga uramiz. Dala ishlaridan ortib, tikuvchilik bilan shug‘ullanishga vaqtim ham yetmas edi. 

Kutilmaganda ayni o‘rim-yig‘im paytida baxtsiz hodisa tufayli ikki oyog‘imdan ayrildim. Hushimga kelib ahvolimdan xabar topganimda dunyo ko‘zimga qorong‘u ko‘ringan. Bolalarim hali juda yosh. Ro‘zg‘or katta. Qaynona-qaynotam erta olamdan o‘tib ketishgan. 

Turmush o‘rtog‘im mening dardim sababli ishidan o‘z ixtiyori bilan ketdi va vaqtini menga bag‘ishlay boshladi. Avvaliga o‘zimni juda noqulay his qildim. Jismoniy va ruhiy og‘ir zarbaga dosh berish og‘ir edi. Hatto turmush o‘rtog‘imga meni ota-onamning hovlisiga olib borishini va o‘z hayotini qayta davom ettirishini iltimos qildim. Ammo umr yo‘ldoshim bu taklifimga qat’iy qarshi chiqdi va har qanday vaziyatda mening yonimda bo‘lishini aytdi. 

Yaqinlaring dalda bo‘lsa, senga mehrli qo‘llarini cho‘zsa boshga kelgan g‘amni yengishing oson kechar ekan. Olti oycha tushkun kayfiyatda yashadim. Kamiga nogironlar aravasi yoki protez-ortopediya moslamalarini olish uchun oylab navbat kutishimga to‘g‘ri kelar edi. Mehnat qilib o‘rgangan ayolman. O‘zimni bekorchidek his qildim. Shunda uyimda turgan eski tikuv mashinam borligi yodimga tushdi. Yana eski va sevimli kasbimga qaytdim. Sekin-sekin mahalla ahlidan buyurtmalar qabul qila boshladim. 

Shunday kunlarning birida mahallamizdan besh-oltita yosh qizlar chiqib, o‘zlarini shogirdlikka olishimni iltimos qilishdi. Bu uchun menda imkoniyat yo‘qligini aytdim. Qizlar o‘z uyida turgan tikuv mashinalarini olib chiqishdi va ularga tikuvchilik sir-asrorlarini o‘rgata boshladim. Borgan sari shogirdlarim soni ko‘payib bordi. Tumanimiz hokimligi ko‘magi ostida subsidiya asosida yangi tikuv mashinasiga ega bo‘ldim. Adliya vazirligining tashabbusi bilan tikuv sexini kengaytirdik. 

Bugungi kunda 60 nafarga yaqin shogird tayyorladim. Ayni damda 20 nafarga yaqin xotin-qiz bilan tikuv korxonasini yurityapmiz. 

Men o‘z hayotim uchun kurashdim. Ruhan kuchli bo‘lishga harakat qildim. Dunyoning eng ruhlantiruvchi “Top-100” ayoli ro‘yxatiga kirishga muvaffaq bo‘ldim. Kecha Prezident farmoniga muvofiq, “Mardlik” ordeni bilan taqdirlanishim men uchun kutilmagan tuhfa bo‘ldi. Mukofotni qabul qilib olar ekanman, ko‘z yoshlarimni to‘xtata olmadim. Davlatimiz rahbarining “mana shunday irodali, matonatli insonlarni hammaga o‘rnak qilib ko‘rsatsak, ular bilan har qancha faxrlansak arziydi” degan e’tirofidan boshim ko‘kka yetdi. Ko‘zimda yosh bilan turmush o‘rtog‘imga qarab men uddaladim, deya yig‘layman. Ha, men uddaladim, biz uddaladik. Bu uchun meni og‘ir damda tashlab qo‘ymagan, menga dalda bo‘lgan, suyanch bo‘lgan yaqinlarimga minnatdorchilik bildiraman. Onamdan olisda istiqomat qilaman. Lekin turmush o‘rtog‘im, farzandlarim va yaqinlarim meni yolg‘iz qoldirmadi. Har qadamda ularning mehrini his qildim. 

Bugun tongni yangi orzular, yanada qat’iyatli maqsadlar bilan qarshiladim. Azaldan gulchilik kasbiga ham qiziqaman. Hovlimda ham turli gullarni parvarishlayman. Hozirda ikki sotixli yerda issiqxona tashkil qilish harakatidamiz. Kelgusida turli gullar yetishtirib, yurtim go‘zalligiga va obodligiga hissa qo‘shmoqchiman. Men yurish, yugurish imkoniyatidan mahrumdirman, ammo menda boshqa imkoniyatlar yetarli. Tobora imkoniyatim cheklangan emas, aksincha imkoniyatlarim cheksiz ekanini anglab boryapman. 

16.12.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar