Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev rahbarligida mahallalarda jinoyatlarning barvaqt oldini olish bo‘yicha Respublika shtabining navbatdagi tezkor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Adliya vazirligi, ilmiy ta’lim muassasalari va boshqa mutasaddi idoralarning sohaviy rahbarlari va ilmiy xodimlari hamda ishchi guruh a’zolari ishtirok etdi.
Muhokamada ishchi guruh a’zolarining hududlarga borib, “qizil” va “sariq” mahallalardagi jinoyatlar sodir etilishining omillarini o‘rganish yuzasidan axboroti va ishlab chiqqan takliflari bir-bir ko‘rib chiqilib, shtab a’zolari va ilmiy mutaxassislar tomonidan savol-javob tariqasida muzokora qilindi.
Yig‘ilish yakunida 2025 yilning birinchi choragida mahallalarda jinoyatlar, ayniqsa, yoshlar, ishsizlar va ayollar jinoyatchiligining barvaqt oldini olishga qaratilgan yangicha yondashuvlar asosidagi Respublika, viloyat va tumanlarning manzilli “Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish hamda amalga oshiriladigan tadbirlar yuzasidan taqdimot tayyorlanishi bo‘yicha topshiriq berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |