2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Joylarda kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar davom etmoqda

Yurtimizning eng chekka, ijtimoiy-iqtisodiy holati og‘ir hududlarida kambag‘allikni qisqartirish hamda qish mavsumida kuzatiladigan masalalarni bartaraf etish borasidagi ishlar davom etmoqda.

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan Prezident Administratsiyasi hamda Xalq qabulxonasi boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi vakillarining ayni maqsadlardagi faoliyati e’tiborga molik.

Xususan, Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari – Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligidagi ishchi guruh vakillarining navbatdagi manzili Xorazm viloyatining Xiva tumani bo‘ldi.

Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar hamda o‘rganishlar natijasi asosida bir qator ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga kerakli yordamlar ko‘rsatildi.

Misol uchun, Istiqlol mahallasida “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi, boquvchisini yo‘qotgan murojaatchi Dilnoza Xudoyorova xonadoniga borilib, unga o‘zini-o‘zi ish bilan band qilishi hamda oilasiga qo‘shimcha daromad keltirishi maqsadida tikuv mashinasi va kerakli anjomlar topshirildi.

Bundan tashqari, mahalladagi nuroniylar bilan suhbat qurilib, aholini qiynayotgan muammolari tinglandi va ularning yechimi bo‘yicha mutasaddilar bilan hamkorlikda amaliy ishlar rejalari belgilab olindi.

Shu yerning o‘zida “mahalla yettiligi” a’zolari bilan keng muhokamalar o‘tkazilib, joylarda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirishda Prezidentimiz belgilab bergan yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni qat’iy tashkillashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Ishchi guruh mazkur mahallada qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va obodonlashtirish ishlari bilan ham yaqindan tanishdi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun amaliy ko‘mak ko‘rsatildi. Mahallada “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari ham o‘tkazildi.

Shuningdek, nuroniylar duosi bilan xayrli va savobli ishlarni davom qildirgan holda homiylar tomonidan mahallada kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga hadyalar tarqatildi.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etadi.

12.12.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar