
Bosh prokuratura tomonidan kuz-qish mavsumida aholining resurslarga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash uchun zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarining oldini olish, resurslarini iqtisod qilish va yetkazilgan zararlarni undirish bilan bog‘liq amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Shu maqsadda Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika shtabi ham faoliyat yuritmoqda.
Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani va Chirchiq shahrida qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, ijtimoiy soha ob’ektlarining energiya resurslari bilan ta’minlanishi ahvolini o‘rgandi.
Bosh prokuror “Bo‘stonliq gaz to‘ldirish shoxobchasi”ga tashrif buyurib, mutasaddi tashkilotlarga ob’ektni qisqa muddatda yakunlab, foydalanishga topshirish bo‘yicha topshiriq berdi. “Bo‘stonliq ko‘mir ombori” faoliyatini ko‘zdan kechirib, mas’ullar zimmasiga sifatli ko‘mir yetkazib berilishi ustidan nazoratni kuchaytirish vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek, tumandagi “Shkoda” nimstansiyasida yuklamasi yuqori bo‘lgan transformatorni yirik quvvatlisiga almashtirish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatma berildi.
Shu bilan birga, tumandagi 26-maktab va 12-sonli oilaviy poliklinikasi binolarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ahvoli o‘rganilib, binolarni davlat dasturiga kiritish masalasi muhokama qilindi.
Chirchiq shahridagi tug‘ruq kompleksining mavsumga tayyorgarlik holati, binolarda elektr ta’minotini yaxshilash borasida mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |