2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xalq qabulxonalari endi xalq ichida

Prezidentimizning 2019 yil 17 yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra, joriy yil 1 fevraldan Xalq qabulxonalarining muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilish, davlat organlarining aholi bilan bevosita ishlashini nazarda tutuvchi yangi tizim joriy etildi. Mazkur tuzilmaga bir qator qoʻshimcha vazifalar yuklatildi.

Xalq qabulxonalarining yangi tizimda samarali faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida ularga xizmat mashinalari ajratildi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyati tuman va shaharlaridagi Xalq qabulxonalariga ham viloyat hokimligi tomonidan “Cobalt” avtomashinalari topshirildi.

 

7.JPG

 

Viloyat Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Uzoqov va boshqalar bugungi kunda Xalq qabulxonalari davlat organlari bilan aholi oʻrtasida ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, dolzarb muammolarni aniqlash, murojaatlar qonuniy va sifatli koʻrib chiqilishini taʼminlashda samarali mexanizmga aylanganini taʼkidladi.

 

Oʻtgan yili viloyatdagi Xalq qabulxonalariga jismoniy va yuridik shaxslardan 25 ming 214 ta murojaat kelgan. Ularning 13 mingga yaqini qanoatlantirilgan, jumladan, 5 ming 292 tasi ijobiy yechim topgan, 7 mingga yaqini esa huquqiy maslahat berish orqali hal qilingan. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari ishtirokida oʻtkazilgan 3 mingga yaqin qabulda 18 mingdan ortiq aholi turli masalalar yuzasidan murojaat qilgan. Muammolarning 48 foizi ijobiy hal etilgan, 52 foiz murojaat yuzasidan tushuntirish berilgan.

 

3.JPG

 

– Yangi tizim asosida faoliyat koʻrsatish boʻyicha yaqinda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida oʻqib keldik, – deydi Paxtachi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri S.Chorshanbiyev. – Yaqinda tumanning chekka hududidagi Fay mahallasida uyma-uy yurib, aholi bilan muloqot qildik. Har bir oilaning muammolarini oʻrganib, mutasaddilar ishtirokida ularni hal etish choralarini koʻryapmiz. Bizga berilgan xizmat avtomashinasi faoliyatimiz yanada samarali boʻlishida yordam beradi.

 

Tadbirda Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov soʻzga chiqdi.

 

Gʻolib Hasanov, Alisher Isroilov (surat), OʻzA

09.02.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar