2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xotin-qizlarning bandligi e’tiborda

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

– Jumladan, Taxiatosh va Nukus tumanlarining chekka hududlarida yashovchi Ijtimoiy himoya milliy resstriga kiritilgan, og‘ir ahvoldagi oilalar sharoiti bilan tanishdik, – deydi boshqarma boshlig‘ining Yoshlar va xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Nazli Mambetova. – Tumandagi “Xalqlar do‘stligi” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro F.Isayevaning muammolari yashash xonadoniga borib o‘rganilib, bir nafar farzandi bilan ijarada yashashi aniqlandi. Fuqaro yashash joyiga yaqin joylashgan bolalar bog‘chasida  tarbiyachi lavozimida ishlash istagini bildirib, qiziqishi bo‘yicha yosh bolalar tarbiyachisi, yordamchi tarbiyachi o‘quv kursida o‘qitish choralari ko‘rilmoqda.

Ushbu mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro A.Ko‘ptileuovaning qiziqishi bo‘yicha Nukus shahri “Ishga marhamat” monomarkazida pazandachilik kursida o‘qitish choralari ko‘rilmoqda. Tumandagi “Nayman” ovul fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, uch nafar farzandning onasi T.Yuldasheva “Hunarli yigit-qizlar” xususiy o‘quv markazida kasbga o‘qitilmoqda. Shuningdek, tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, Xo‘jayli tumani “Shag‘alako‘l” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyatini boshlagan “Qaraqalpaq Textile” xususiy korxonasi o‘rganildi. Jamoa hozirgi kunda milliy va to‘y liboslarini, ko‘rpacha, yostiqlar tikish bilan shug‘ullanib, 35 nafar xotin-qiz va yoshlar ish bilan ta’minlangan. Hozirgi kunda korxonada 20 ta bo‘sh (vakant) ish o‘rni mavjudligi aniqlandi. Ishlash istagini bildirgan xotin-qizlar “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi”da o‘qitilib, ish bilan ta’minlash choralari qo‘riladi.

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida tumanlar kesimida ijtimoiy xizmatlarni, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash, mehnat faoliyatini olib borish uchun sharoit yaratish, o‘qitib ish bilan ta’minlash, ishlab chiqargan mahsulotini sotib olish, xomashyo bilan ta’minlashni tashkil qilgan tadbirkor xotin-qizlar va yoshlarning ro‘yxati shakllantirildi.  

Boshqarma vakillari tomonidan 9 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsni ish bilan ta’minlagan “O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati Xo‘jayli ishlab chiqarish korxonasi” mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari  Aytolg‘an Do‘schanovaning ish faoliyati o‘rganildi. Korxona ko‘rpa, matras, yostiq, choyshablar xodimlar uchun maxsus kiyimlar tikish bilan shug‘ullanadi. Tanishish jarayonida korxona binosi ta’mirga muhtojligi, uzoq tumandan kelib ishlovchi imkoniyati cheklangan fuqarolarning yashashi uchun yotoqxona hamda ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishda muammolar borligi aniqlandi.

Chimboy tumanidagi “Marjon chevarlari” korxonasi rahbari Zulfiya Nurimbetova ham uch nafar nogironligi bor xotin-qizni ish bilan ta’minlagan.  Ular dastlab “Ustoz-shogird” an’anasi asosida o‘qitildi. Korxona rahbari tomonidan ular zarur tikuv mashinalari va anjomlar bilan ta’minlangan.

Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bilan hamkorlikda 40 nafar faol yosh tadbirkorning bazasi shakllantirildi. Ularni tadbirkorlikka qiziqtirish, tadbirkorlik sub’ektlaridagi sharoitlar, imkoniyatlar bilan tanishtirish maqsadida 24 yillik tajribaga ega, hozirgi kunda 100 nafardan ortiq xotin-qiz va yoshni ish bilan ta’minlagan, 50 nafardan ortiq yoshning o‘z biznesini boshlashga ko‘maklashgan “ALPAMIS STOMADENT” brendi ostida faoliyat yuritayotgan lider tadbirkor Muhabbat Jolshimovaning korxonasiga “Biznes sayohat” uyushtirildi.  

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari davom etmoqda.

09.11.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar