2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aholi murojaatlari qonun doirasida ko‘rilmoqda

Aholi va tadbirkorlar murojaatlari O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, aholi bilan mansabdor shaxslar o‘rtasida turli shakldagi muloqotlar tashkil qilish, xalq va davlat o‘rtasida mustahkam ko‘prik bo‘lish Prezident Xalq qabulxonalarining asosiy vazifalari hisoblanadi.

Joriy yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali Buxoro viloyati aholisidan 54 930 ta masalaga oid murojaat kelib tushgan. Murojaatlarda asosan, bolalar nafaqasi, aliment undirish, muhtojlarga bir martalik moddiy yordam, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar, mahalla ichki yo‘llarini ta’mirlash, davolanish va jarrohlik amaliyoti uchun moddiy yordam va ish bilan ta’minlash masalalari eng ko‘p ko‘tarilgan. 

– Ushbu murojaatlardan 50 397 tasi Buxoro viloyati, tuman va shahar tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan 19 604 tasi ijobiy hal etilishi ta’minlandi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi Ma’mur Rahmonqulov. – 26 606 tasiga huquqiy ma’lumot berish orqali fuqarolarning roziligi olindi. 225 tasi ijobiy hal etilishi uchun muddat va mablag‘ talab qilganligi sababli nazoratga olindi. Viloyat, tuman va shahar sektorlari rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullar davomida 15 744 ta murojaatning 11 512 tasi ijobiy hal etildi. 

Har bir murojaat ortida inson taqdiri turganligini inobatga olib, barcha murojaatlar “Virtual qabulxona” axborot tizimi orqali qonun doirasida ko‘rib chiqiladi va Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan nazoratga olinib, doimiy ravishda tahlil va monitoring qilib boriladi. 

O‘tkazilgan o‘rganish hamda tahlillarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga 285 ta taqdimnoma, 135 ta taklif hamda xalq deputatlari Kengashlariga 185 ta axborot kiritildi. Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan tizimli muammolarni hal etilishini ta’minlash maqsadida 324 ta yozma ko‘rsatma berildi. 

– Misol uchun, fuqaro tashkilotning o‘ziga 2024 yil 2 fevral kuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri og‘zaki murojaat qoldirgan, – deydi Ma’mur Rahmonqulov. – Ushbu tashkilotning murojaatlar bilan ishlash faoliyati 9 aprel kuni joyiga borib o‘rganilganda murojaat 2 oydan ortiq vaqt davomida ko‘rib chiqilmaganligi natijasida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunning 28-moddasi talablari qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlandi. Natijada ushbu murojaatni ko‘rib chiqishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxs MJtKning 43-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortilishi ta’minlandi. 

Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Umuman olganda aholi murojaatlariga e’tiborsizlik bilan yondashgan mansabdor shaxslarga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanib kelinmoqda. 

08.11.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar