Xorazmda Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Ikrom Muslimov va kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Muhitdinov Urganch davlat universitetining bo‘lajak huquqshunos talabalari bilan uchrashdi.
Sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar targ‘ibotiga alohida e’tibor qaratilgan uchrashuvda nafaqat istiqbolli rejalar, balki Oliy sud va Urganch davlat universiteti o‘rtasidagi amaliy hamkorlik natijasida erishilgan yutuqlar ham e’tirof etildi.
– Muloqot Oliy sud va Urganch davlat universiteti o‘rtasida yuridik kadrlarni tayyorlash sohasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida imzolangan memorandum ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi, – deydi Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Ikrom Muslimov. – Chunki, bu sud apparati xodimlarining jamiyatda ijtimoiy mavqeini va obro‘-e’tiborini oshirish hamda sudlarda eng munosib va yuqori malakali kadrlar korpusini shakllantirish tizimini tubdan isloh qilish yo‘lidagi eng asosiy vazifalaridan biridir.
Uchrashuvda bunday maqsadlarga erishish uchun kadrlar bilan ishlash hamda ularning bilimi, malakasi va ish sifatini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
– Biz bugungi tadbirda sudlarda xodimlarning dunyoqarashi, ma’naviyati, kasbiy odob-axloqi ham muhim ahamiyat kasb etishini bilib oldik, – deydi talaba Shohida Farhodova. – Oliy sud raisi o‘rinbosari bizga sudyalik kasbining mashaqqati, davlat nomidan qaror qabul qilishning mas’uliyatini aniq misollar asosida tushuntirdi. Shuningdek, sud-huquq tizimiga doir qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishdik.
Ochiq muloqotda yoshlarga Oliy sud huzurida tashkil etilgan “Bo‘lajak sud xodimlari” klubiga universitet talabalarini faol jalb qilish uchun tegishli huquqiy zamin yaratilganligi, pirovardida talabalar hech qanday to‘siqlarsiz klubga a’zo bo‘lib, darsdan bo‘sh vaqtlarida sudlarda tanishuv amaliyotini o‘tashi hamda bo‘lajak kasblar bo‘yicha ish o‘rganishi uchun imkoniyat mavjudligi tushuntirildi. Shuningdek, talabalar belgilangan tartibda sudlarga biriktiriladi hamda amaliyot o‘tashi uchun barcha shart-sharoit yaratilib beriladi.
E’tiborlisi, Oliy sud rahbariyati tomonidan sud tizimida ishlash istagini bildirgan intiluvchan va izlanuvchan talabalarga qonunchilikka ko‘ra mehnat qilish, ish o‘rganish va tajriba orttirish uchun barcha imkoniyat yaratib berilishi ta’minlanadi.
Talabalar uchrashuvda sud tizimidagi bo‘sh ish o‘rinlari, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, ijtimoiy kafolatlar, ishga qabul qilish tartibi hamda nomzodlarga qo‘yiladigan talablar haqida atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |