2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Hududlar sharoitini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari avjida

Yurtimizning eng chekka, ijtimoiy-iqtisodiy holati og‘ir hududlarida kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarga kirishilgan.

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan Prezident Administratsiyasi va Xalq qabulxonasi boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi vakillari ayni maqsadlarda Toshkent viloyatining Bekobod shahri, Bekobod, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, Quyichirchiq hamda Yuqorichirchiq tumanlaridagi 246 ta mahallada zarur ishlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, ishsizlikni qisqartirish maqsadida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 2,3 mingdan ziyod fuqaroning bandligi ta’minlandi. Ulardan 1, 7 ming nafari bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirildi, 500 dan ziyodi kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitildi, 86 nafariga esa o‘z tadbirkorligini boshlash uchun cubsidiyalar ajratildi.

Respublika hududlarida amalga oshirilgan ilg‘or tajribalar asosida oilaviy va yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlashtirish maqsadida “mahalla yettiligi” hamda bank mas’ullari bilan hamkorlikda 198 nafar fuqaroga jami 4,5 mlrd. so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilishini ta’minladi. Natijada 800ga yaqin qo‘shimcha yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Bundan tashqari, Respublika ishchi guruhi, Xalq qabulxonasi hamda sektor rahbarlari ko‘magida joylarda sanoat, savdo, xizmat va zamonaviy agrotexnologiyalar sohasida yosh tadbirkorlar tomonidan 11 ta “drayver” loyihalar ishga tushirilib, jami 350 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mahallabay, xonadonbay o‘rganishlar bilan bir qatorda Prezident virtual va Xalq qabulxonasi tizimiga kelib tushgan 857 ta murojaat ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Ularning 127 tasiga mas’ul idora va tashkilotlar tomonidan bevosita joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan qismi ijro uchun nazoratga olingan.

Aholidan kelib tushgan murojaatlar va o‘rganishlar natijasida Oqqo‘rg‘on tumanidagi 83 ta ijtimoiy soha ob’ektlari, 45 ta ko‘p qavatli uylardagi kamchiliklar bartaraf etildi.  

Xonadonlarning elektr ta’minoti yaxshilash uchun 45 dona yangi beton ustunlar o‘rnatilib, 2 km.ga yaqin zamonaviy SIP kabellari tortildi.

Bo‘ka tumanida esa ichki ko‘chalarga tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi va yo‘llar ta’mirlandi, elektr ta’minotini yaxshilash uchun 87 ta yangi beton ustunlari o‘rnatildi.

Bekobod shahri va Bekobod tumanida 17 ta ijtimoiy soha ob’ekti, 26 ta ko‘p qavatli uylarning muammolari bartaraf etildi. Jumladan, tom, fasad, yerto‘lasi, kirish yo‘laklari hamda yoritish chiroqlari o‘rnatildi.

Bundan tashqari, hududda 23 ta TP kapital ta’mirlandi, simyog‘ochlar almashtirildi. Amalga oshirilgan ishlar qatorida yangi ichimlik suvi tarmog‘i mukammal ham soz holatga keltirildi.

Yuqorichirchiq tumanida “Chirchiq”, “Mirobod” va “Yoshlik” mahallalaridagi ko‘p qavatli uylarning tom qismlari joriy ta’mirlandi hamda kirish yo‘laklaridagi chiroqlari almashtirildi. “Nurli yo‘l” va “Qursoy” mahallalaridagi transformatorlar sozlandi.

Quyichirchiq tumani “Ko‘ksaroy” mahallasida toza ichimlik suvi tarmog‘i qurish ishlari boshlandi. Ushbu mahalladagi xonadonlarga 31 ta gaz bosimini sozlagich o‘rnatildi. “Jumagul” mahallasidagi ichimlik suvi tarmoqlari ishga tushishi natijasida ko‘plab xonadonlarga toza ichimlik suvi yetkazildi. “Bog‘iston” mahallasidagi 285 ta xonadonga elektr energiya yetkazilishi yaxshilandi.

Respublika ishchi guruhining Toshkent viloyatidagi faoliyati davom etmoqda.

02.11.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar