
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyati tuman va shaharlaridagi Xalq qabulxonalariga mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan 10 ta “Cobalt“ rusumli yengil avtomashina berildi.
Viloyat Xalq qabulxonasida avtoulovlar kalitini topshirish marosimi oʻtkazildi. Tadbirda Xalq qabulxonalari yurtimizda aholi murojaatlarini oʻrganish va joylardagi muammolarni tezkor hal etishda samarali tizimga aylangani taʼkidlandi. Xususan, oʻtgan 2018 yilda Navoiy viloyatidagi Xalq qabulxonalariga jismoniy va yuridik shaxslardan 15 mingdan ziyod ariza tushib, ularning qariyb 12 mingtasi ijobiy hal etilgan.

– Xizmat avtomobillari faoliyatimiz samaradorligini yanada oshirish, chekka hududlar aholisi muammolarini joyida oʻrganish va hal etish imkoniyatini kengaytiradi, – deydi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Zarafshon shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri E.Nurmuhammadov. – Endi aholi muammolariga uyma-uy yurib, mutasaddi tashkilotlar hamkorligida yechim topamiz.
Tadbirda Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov soʻzga chiqdi.
Nuriddin Rahimov, OʻzA
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |