2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabul: javobsiz savol, yechimsiz masalaning o‘zi yo‘q

Nohaqdan haqni ajratish uchun avvalo, barcha tomonni tinglash kerak. Haqiqat esa bahslarda tug‘iladi, muloqotlarda oydinlashadi. Prezident Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligida Toshkent viloyatida sud-huquq masalalari bo‘yicha tashkil qilgan ommaviy qabullar ham bir haqiqatni yana bir bor isbotladi: javobsiz savol, yechimsiz masalaning o‘zi yo‘q.

Xususan, qabullarda Oliy sud mas’ullari  ko‘rib chiqqan 81 ta masalaning 14 tasi qanoatlantirildi. Har bir ariza-shikoyat Oliy sud, viloyat sudi rahbarlari va murojaatchi ishtirokida ochiq-oshkora muhokama qilinib, hujjatlar sinchiklab ko‘rib chiqilayotgani adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan taqdimnoma (iltimosnoma)lar asosida axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazolarini o‘tayotgan 201 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. 186 nafar mahkumning o‘talmay qolgan jazo muddati yengilrog‘iga almashtirildi, 41 nafar sudlanuvchi esa sud zalidan ozod etildi. Bir qator fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan aliment undirish yuzasidan sud qarorlari chiqarildi. Shuningdek, jami 596 million 724 ming so‘m qarzdorlik fuqarolar foydasiga undirildi.

Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi mas’ullari bilan muloqotlarda turli masalalar o‘rganilib, joyida yechim topildi.  

Jumladan, murojaatchilarning shikoyati asosida 236,6 million so‘mlik haqdorlik, ish haqi, 57 million so‘m aliment puli undirib berildi. O‘rganishlar natijasida ichki ishlar organlarining 13 ta qarori bekor qilindi, tadbirkorlarning elektr energiyasiga ulanish bilan bog‘liq masalasi hal etildi.

Ta’kidlash kerakki, Toshkent viloyatida sud-huquq masalalari bo‘yicha tashkil qilingan qabullarda jami 232 ta masala ko‘rib chiqilib, 66 tasi ijobiy hal qilindi. Qo‘shimcha o‘rganish, vaqt talab qiladigan qolgan masalalar bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Bundan tashqari, joriy yilda Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga viloyat aholisidan kelib tushgan 723 ta jamoaviy murojaatdagi turli masalalar joyiga chiqilib, tegishli tashkilotlar va “mahalla yettiligi” bilan birga o‘rganilmoqda.

Qabullar barcha viloyatlarda davom etmoqda.

08.10.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar