Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Qishloq ahlining orzusi ushaldi

Surxondaryo viloyatining Denov tumani Alamjahon qishlog‘idagi 103 xonadonda yashaydigan 678 nafar iste’molchi, umumta’lim maktabi va qishloq vrachlik punkti toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Qishloq keksalarining aytishicha, ular Alamjahonga toza ichimlik suv quvurlari tortilishini qariyb 50 yil intizorlik bilan kutgan. Shu yillarda aholiga obi-hayot yetti kilometrdan ortiq masofadan maxsus texnika yordamida muayyan mablag‘ evaziga yetkazib berilgan. Joriy yilda har bir xonadon bir mashina ichimlik suvi uchun 300-350 ming so‘m to‘lagan.  

Chekka qishloq aholisini sifatli obi-hayot bilan ta’minlash maqsadida 19,4 kilometr masofaga diametri 76 millimetrli quvur yotqizildi. Tabiiy buloqdan suv olish uchun ikkita kaptaj qurilib, quvurlar o‘rnatildi. Qurilish ishlari Denov tumani suv ta’minoti bo‘limi mutaxassislari va qishloqning ko‘ngilli vakillari ishtirokida tez, sifatli amalga oshirildi.  

– Qishlog‘imizga toza suv keldi, – deydi uy bekasi Xosiyat Sherqobilova. – Bundan quvonchimiz cheksiz. Shu paytgacha ichimlik suvini sotib olib, maxsus suv idishlarimizni to‘ldirib quyardik. Ayniqsa, yoz kunlari suvning ta’mi o‘zgarib ham qolardi. Endi farzandlarimiz, nevaralarimiz toza suvdan iste’mol qilib, yanada sog‘lom ulg‘ayadi. Suv idishlarda haftalab turib qolgan suvlarni ichmaydi.  

Qishloqqa sifatli toza ichimlik suvi yetib kelgani munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda tuman hokimi Ilhom Abrorov mamlakatimizda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor haqida alohida fikr yuritdi. Katta mablag‘ evaziga qishloqqa keltirilgan obi-hayotni tejab sarflash yuzasidan taklif va tavsiyalarini bildirdi. Nuroniylar mamlakatimizga tinchlik, osoyishtalik, el obodligi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga bardavomlik, mahallalarga fayz, xonadonlarga qut-baraka tilab, duoga qo‘l ochdi. Yurtimizda inson qadri ulug‘lanib, odamlarning osuda, to‘kin, farovon turmush kechirishi yo‘lida ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar uchun davlatimizga cheksiz minnatdorlik bildirdi.  

07.10.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar