
Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyevning navbatdagi ommaviy sayyor qabuli Paxtakor tumanining “Bog‘ishamol” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazildi.
Ommaviy qabulda sektorlar rahbarlari, viloyat hokimining o‘rinbosarlari, aholi muammolarini hal etish bo‘yicha ishchi guruh a’zolari, hokim yordamchilari, mahalla raislari va viloyat hamda tumandagi tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.
Qabulda boshqa hududlardagi aholiga qulaylik yaratish maqsadida shahar va tumanlardagi Xalq qabulxonalaridan onlayn tarzda viloyat hokimiga murojaat qilish imkoniyati yaratildi.
Qabulda har bir guruhdagi mutasaddilar aholi muammolarini tingladi.
Paxtakor tumanida 2023 yilda 6 ta davlat dasturi doirasida 62 ta ob’ektda 68 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi. Tumanda joriy yilda tasdiqlangan 3 ta davlat dasturi doirasida 21 ta ob’ektga 22 milliard 600 million so‘m mablag‘ ajratilgan.
“Tashabbusli byudjet” dasturining ikkinchi mavsumida g‘olib bo‘lgan 6 ta ob’ektga 8 milliard 100 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Sayyor qabulda aholi tomonidan davolanish va dori-darmon, uy-joy ta’miri va ijtimoiy masalalarga doir murojaatlar kelib tushdi. 71 nafar fuqarodan 92 ta masalada murojaatlar qabul qilindi.
Ushbu murojaatlarni qonun doirasida belgilangan muddatlarda o‘rganib, ijobiy hal etish bo‘yicha viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat tashkilotlari rahbarlari hamda tumanlar hokimlariga vazifalar belgilab berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |