
Mamlakatimizda yoshlar muammolarini o‘rganish, ularni o‘z vaqtida hal etish masalasi har bir mutasaddiga katta mas’uliyat yuklaydi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva o‘ziga biriktirilgan (30 nafar) davlat g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan, ko‘makka muhtoj yoshlar bilan uchrashdi.
Samimiy muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuv avvalida Qo‘mita raisi Prezidentimiz tomonidan yoshlarni himoyalashga doir joriy etilgan yangi tizimning mazmun-mohiyatini yana bir bor atroflicha tushuntirib berdi.
Shuningdek, Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiada musobaqalarida yoshlarimiz tomonidan erishilgan muvaffaqiyatlarga alohida to‘xtaldi.
Juda qizg‘in va sermazmun kechgan suhbatda yoshlar profilaktik hisob, probatsiya nazoratidan chiqish, muddatli harbiy xizmat, ishga va o‘qishga kirish, sog‘lig‘ini yanada yaxshilash, farzandini maktabgacha ta’lim muassasasiga joylash va boshqa bir qator masalalar yuzasidan ma’lumotga ega bo‘ldi.
Shu bilan birga, ayrim savollar yuzasidan yakka tartibda suhbatlashildi.
Tadbir davomida aniqlangan barcha muammo va kamchiliklarni hal etishning zarur chora-tadbirlari va ularni amalga oshirish muddatlari belgilab olindi.
"Rahbar va yoshlar" turkumidagi uchrashuvlar turli ijtimoiy muammolarga tez va o‘z vaqtida yechim topish imkonini bermoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |