2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Orol hayotida yangi davrga qadam qo‘yilmoqda

Materiallarimiz orqali xabar berib borilayotganidek, shu kunlarda Orol dengizining qurib qolgan hududida yashil o‘rmonzorlar barpo etish maqsadida ilgari hech kuzatilmagan ulkan qamrov va miqyosdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Har kuni 500 dan ziyod texnika hamda aviatsiya yordamida ariq tortish, baronalash va saksovul urug‘ini sepish ishlari bajarilmoqda.

Aniq raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, shu kungacha Orolning qurigan qismida:

440 ming gektardan ortiq maydonda saksovul ekish uchun ariq tortish ishlari bajarildi;

162 ming gektardan ziyod maydonda 614 tonnadan ortiq saksovul urug‘lari sepildi;

Shundan 98 ming 400 gektar maydonga aviatsiya yordamida urug‘ qadaldi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbari topshirig‘iga binoan Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish, dengizning qurigan qismi va Orolbo‘yi mintaqasida ekologik muhitni barqarorlashtirish, aholining hayot sifati va turmush darajasini oshirish, mazkur hududlarda xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini joriy etish va rivojlantirish masalalariga kompleks tarzda yondashilmoqda. Ya’ni, bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan, bir-birini to‘ldiradigan sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Misol uchun, 500 ming gektar maydonda “yashil qalqon” yaratish ishlari bilan bir qatorda er ostidan iste’molga yaroqli, qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan suv zaxiralarini izlab topish, quduq qazib, suv chiqarish chora-tadbirlari ham ko‘rilmoqda. Quvonarlisi shundaki, Orolbo‘yi aholisining buguni va uzoq kelajagini o‘ylab olib borilayotgan ana shunday xayrli ishlar o‘zining dastlabki natijalarini ham bermoqda.

O‘tgan hafta so‘nggida Mo‘ynoqdan shimoli-sharqiy yo‘nalishda 200 kilometrdan ziyod masofada, sobiq Borsakelmas orolining sharqiy qismidagi Shag‘ala massivida ilk quduqdan suv chiqarildi.
Orolbo‘yi aholisiga ulkan shodlik va umid baxsh etgan mazkur tarixiy voqea – suv ko‘zining ochilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, jamoatchilik vakillari, mo‘ynoqliklar hamda Orol dengizining suvsiz qolgan maydonida mehnat qilayotgan hasharchilar ishtirok etdi.

Marosimda so‘zga chiqqanlar yig‘ilganlarni ushbu muhim yangilik, ertangi kun uchun qat’iy ishonch baxsh etadigan xushxabar bilan qutlab, bu tarixiy voqea Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, mintaqaning suv va ekologiya bilan bog‘liq muammolariga echim topish yo‘lida tamomila yangi ufqlarni ochishi, yangi-yangi imkoniyatlarni yuzaga keltirishini ta’kidladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, suv artezian qudug‘i yordamida Janubiy Orololdi artezian havzasining Bor davri yotqiziqlari orasidan, ya’ni, 300 metr chuqurlikdan o‘zining bosimi bilan bir sekundda 10 litr miqdorda chiqib turibdi.

Xalqimizda “Suv bor joyda hayot bor”, deb bejiz aytilmagan. Bu iboraning tub mohiyatini cho‘l hududlarda yashovchi odamlar, ayniqsa, Orolbo‘yi aholisi, chorvadorlar boshqalardan ko‘ra chuqurroq tushunadi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shu ma’noda, Orol ostidan suv chiqarilishi natijasida bu erda YaNGI HAYoT BOShLANADI.

Avvalambor, Orol va Orolbo‘yidagi ekologik inqiroz oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar yanada jadallashadi;

cho‘l sharoiti va sho‘rxoklikka chidamli hamda ozuqa o‘simliklari ko‘chatlarini etishtirish bo‘yicha maqbul muhit paydo bo‘ladi;      

qishloq xo‘jaligidagi muhim tarmoq bo‘lgan chorvachilikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish borasida beqiyos imkoniyat va shart-sharoitlar yuzaga keladi – ulkan maydonlarda yangi unumdor yaylovlar yaratiladi, chorvachilik xo‘jaliklari tashkil etiladi, bu erda odamlar yashay boshlaydi, o‘n minglab kishilar ish bilan ta’minlanadi;

Orolda boy o‘simlik va hayvonot olami shakllanadi, bioxilma-xillik sezilarli darajada ko‘payadi. Bu esa, tabiiyki, ekologik turizmni yangi asosda taraqqiy ettirishda kuchli turtki bo‘ladi.

Albatta, Orolda obi-hayot paydo bo‘lishi bilan bu erda yuzaga kelayotgan yangi imkoniyat va tarmoqlar ro‘yxatini yana uzoq davom ettirish mumkin. Shu borada fikr yuritganda bir jihatga alohida urg‘u berib o‘tish har tomonlama o‘rinli bo‘ladi. U ham bo‘lsa, hududda yangi suv manbalarining ochilishi davlatimiz rahbari tomonidan Orolbo‘yi hududini Ekologik innovatsiya va texnologiyalar zonasiga aylantirish bo‘yicha ilgari surilgan xayrli tashabbus hamda unda belgilab berilgan ezgu maqsad va dolzarb vazifalarni hayotga joriy etishda nihoyatda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi.

Shu munosabat bilan ishga tushirilgan suv qudug‘i yonida hozir yana ikkita quduq burg‘ulanayotgan bo‘lsa, davlatimiz rahbarining topshirig‘iga binoan joriy yilning 1 apreligacha Orolning suvsiz qolgan hududida jami 50 ta quduq qazilib, ishga tushiriladi. Bundan tashqari, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi hamda boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar oldiga Orol hududida keng miqyosda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish vazifasi ham qo‘yilgan.

Bu hali hammasi emas. Prezidentimiz tomonidan Orolbo‘yi hududidagi tumanlarda o‘tgan asrda qazib, suv chiqarilgan, ammo yillar o‘tishi bilan ishdan chiqib, nosoz holatga kelib qolgan quduqlarni qayta tiklash yuzasidan tegishli tashkilotlarga alohida ko‘rsatma ham berilgan.
Xullas, ham Orolning qurib qolgan qismida, ham Orolbo‘yi mintaqasida noqulay ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirishga qaratilgan yirik loyiha va dasturlar o‘zaro uyg‘unlikda izchil amalga oshirilayotgani, qat’iy va nostandart chora-tadbirlar ko‘rilayotgani fojiani engib o‘tishning eng bosh omiliga aylanmoqda.

Shag‘ala massivida suv chiqarilgani haqidagi quvonchli xabar quduq yonidagi maydonda katta bayramga aylanib ketdi. Shu kuni bu erda jam bo‘lgan har bir kishi, ayozli sahroning mashaqqatlarini birgalikda engib, sinashta bo‘lgan, do‘stu-birodar, qarindoshlarga aylanib ketgan insonlar, obrazli qilib aytganda, Orol ahlining yuzi-ko‘zida mamnunlik, mag‘rurlik, umid va ishonch tuyg‘ulari yanada yorqin namoyon bo‘ldi. Axir, Orolda yana tiriklik asosi – obi-hayot sharqiroqlari shovqin solib, yangi hayot kurtaklarini uyg‘otdi. Allaqachon kun botib, izg‘irin shamol har qancha o‘z hukmini o‘tkazishga urinmasin bu erda yangragan qaynoq qo‘shiqlar tafti bepoyon Orolning uzoq-uzoq burchaklarida ham aks-sado berdi...

29.01.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar