
Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov Kosonsoy tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.
Qariyb 7 soat davom etgan jarayonda ikki yuzga yaqin fuqaro viloyat rahbari bilan yuzma-yuz bo‘lib, o‘z muammolari va takliflari yechimi bo‘yicha ko‘mak so‘radi. Viloyat hokimi har bir murojaatni o‘rganib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgiladi.
- Chust tumanidagi «Yuqori» MFYdan keldim. Bu yil Namangan muhandislik-qurilish institutini bitirdim. O‘z soham bo‘yicha ish qidirayotgan edim. Sayyor qabulda viloyatimiz rahbariga shu masalada murojaat qildim. Shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi. Mutaxassisligim bo‘yicha ishli bo‘ldim. Endilikda astoydil ishlab, el-yurt xizmatini qilaman, - deydi Boburmirzo Zaripov.
- Mahallamiz hududida bundan 16 yil oldin sel kelib, 3 ta mahallani bog‘lovchi ko‘prikka ziyon yetkazgan edi. Hashar yo‘li bilan qurilgan omonat ko‘prikni yangilash bo‘yicha viloyat hokimiga uchrashdim. Tegishli tashkilotlar mutasaddilariga topshiriq berildi. Ular tez orada o‘rganib, dasturga kiritadigan bo‘lishdi. Xursand bo‘ldik. Mahallamiz ahli nomidan katta rahmat! - deydi Yangiqo‘rg‘on tumani “Qorapolvon” MFYda yashovchi fuqaro Umarjon Qodirov.
Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan uy-joy, kadastr, qurilish, salomatlikni tiklash, kredit, moddiy yordam olish, yoshlar ishlari va huquqiy mavzulardagi murojaatlar salmoqli qismni tashkil etdi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |