2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Odamlar kayfiyatida oʻz ifodasini topayotgan oʻzgarishlar

Mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida ham “Obod mahalla” dasturi doirasida keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Buning natijasida oʻtgan davr mobaynida shahardagi “Doʻstlik”, “Orolboʻyi” mahalla fuqarolar yigʻinlari obod va koʻrkam qiyofa kasb etdi. Ayni kunlarda Zuhra, Yoʻrmadoʻz va Galatoy mahallalarida bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

 

Bir tomoni qoʻshni Toshloq tumani bilan tutashgan Doʻstlik mahallasi keyingi yillarda ancha qarovsiz, koʻrimsiz holga kelib qolgan edi. Ayniqsa, hududda birorta ham maktabgacha taʼlim muassasasi, sport maydoni yoki maishiy xizmat koʻrsatish tarmogʻi mavjud boʻlmaganini hozir ham tushunish qiyin. Ustiga ustak tor yoʻl va yoʻlaklar, suv, elektr taʼminotidagi nosozliklar aholining yashash tarziga salbiy taʼsir qilardi. Tabiiy gaz bosimning pastligi bois tarmoqdan uzib qoʻyilgandi. Koʻcha va yoʻl boʻylariga oʻzboshimchalik bilan qurilgan binolar piyodalar va transport vositalarining erkin harakatlanishiga xalal berardi.

 

Bugun hudud manzarasi tubdan oʻzgargan. Mahalla qiyofasiga “yamoq” boʻlib turgan eski bino va noqonuniy inshootlar, turar joy binolari buzib tashlandi, yoʻl-yoʻlaklar begona oʻtlar, chiqindi uyumlaridan tozalandi. Keng, ravon koʻchalar, zamonaviy bino-inshootlar, xizmat koʻrsatish va servis tarmoqlari aholiga munosib turmush sharoiti yaratib, farovonligini oshirish imkoniyatini bermoqda.

 

– Mahallamiz qisqa fursatda butunlay oʻzgarib ketdi, – deydi “Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Salimaxon Rustamova. – Aholining turmush darajasini yanada yaxshilash uchun bolalar bogʻchasi, zamonaviy savdo majmuasi, non va non mahsulotlari ishlab chiqarish sexi, poliklinika, avtomobillarga xizmat koʻrsatish shoxobchasi, bolalar maydonchalari, mahalla fuqarolar yigʻini binosi qurilib, foydalanishga topshirishga shay holga keltirildi. Dastur asosida barcha xonadonlarning tom va fasad qismlari taʼmirlandi. Bunday ezgu ishlarni uzoq davom ettirish mumkin.

 

“Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻini hududida 4 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ularning asosiy qismi hovli uylarda yashaydi. Mahalladagi 13 ta koʻchada ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Koʻchalardagi suv quvurlari almashtirildi, kanalizatsiyasi yoʻq 4 ta koʻchaga kanalizatsiya tortildi, ichki koʻchalarga asfalt yotqizildi. Hududdagi aholi va tadbirkorlik subyektlarini elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida zarur hollarda havo tarmogʻi va transformator punktlari mukammal taʼmirlandi.

 

Bularning barchasi mahalla, koʻcha va aholi xonadonlariga yangicha fayz bagʻishlab, odamlarda ertangi kunga ishonchni mustahkamlamoqda.

 

Maʼsudjon Sulaymonov, OʻzA

28.01.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar