Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
“Adliya kuni” targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyati Koson tumani Yuqori Mudin mahallasida yashovchi Mohigul Shodiyeva “Ayollar daftari”ga kiritilgan va mahalla yordami bilan tikuvchilik kursini bitirdi.

Ammo ishsizlik sabab oilasini boqishga ancha qiynalib qoldi. Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining Koson tumanida tashkil etgan sayyor qabuli davomida fuqaroning muammosiga yechim topildi va o‘z yo‘nalishida tumandagi tekstil korxonasiga ishga joylashadigan bo‘ldi.

– Ish izlab, ko‘p joylarga sarson bo‘lgandim, – deydi  M.Shodiyeva. –  Bugungi qabulda murojaatimni o‘rganilib, tikuvchilik korxonasiga ishga joylashadigan bo‘ldim. Bundan mamnunman.  

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyev tomonidan o‘tkazilgan mazkur sayyor qabul davomida bu kabi ko‘plab murojaatlarga ijobiy yechim topildi va aholining huquqiy savodxonligi oshirildi.  

Dastlab mahallada fuqarolar uchun  sayyor qabul hamda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.  

Shuningdek, qabulda fuqarolardan subsidiya, kadastr, pensiya, sog‘liqni saqlash, bandlik va mehnat munosabatlari, buzilgan huquqlarni tiklash, kommunal soha va boshqa masalalarda 16 ta murojaat kelib tushdi.  

14 ta murojaat ish yurituviga qabul qilinib, 2 ta murojaat joyida hal etildi. Qolgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi. 12 ta fuqaroga sayyor davlat xizmati ko‘rsatildi.  

Tadbir davomida  fuqarolarga uyma-uy yurgan holda qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini xalqchil tilda yetkazildi. Yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi tushuntirilib aholini qiynab kelayotgan huquqiy muammolar joyida o‘rganildi.  

07.07.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar