
Navoiy viloyati Nurota tumanidagi Ergash Jumanbulbul o‘g‘li nomli madaniyat va istirohat bog‘ida ishsiz, band bo‘lmagan fuqarolar, ayniqsa, xotin-qizlar hamda yoshlarning bandligiga ko‘maklashish, ularni mehnat bozoridagi kasblarga yo‘naltirish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur mehnat yarmarkasida tumandagi 88 ta korxona va tashkilot 449 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.
Sektor rahbarlari, tuman korxona va tashkilotlar vakillari, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi mas’ullari ishtirok etgan mehnat yarmarkasida tuman hokimi Azamat Fayziyev aholining ishsiz qatlamini ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Yarmarkada ishsiz va ish bilan band bo‘lmagan 200 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etib, ularning 9 nafari ishga joylashtirildi, 17 nafariga kasbga qayta o‘qish uchun yo‘llanma berildi. Bundan tashqari 21 nafari haq to‘lanadigan jamoatchilik ishiga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 8 nafari sanoat va texnologik ob’ektlarni barpo etishga ixtisoslashgan “Enter Engineering Pte. Ltd.”kompaniyasiga hujjat topshirdi.
Mehnat yarmarkasida 73 nafar, shundan, “Yoshlar daftari”dagi 20 nafar, “Ayollar daftari” ro‘yxatida turuvchi 53 nafar xotin-qiz va yoshlarga subsidiya asosida asbob-uskuna va tikuv mashinkalari tarqatildi.
Qolgan 92 nafar fuqaroga mehnat qonunchiligi yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |