2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
«Murojaatdan – daromadga» loyihasi doirasida 115 nafar xotin-qizlar ishli bo‘ldi

Prezident Xalq qabulxonasining «Murojaatdan – daromadga» loyihasi Buxoro viloyati Shofirkon tumanida katta festivalga aylandi.

Erta tongdan tuman markazida o‘tkazilgan sog‘lom hayot uchun «5000 qadam» yurish marafoni Yoshlar bog‘idagi turli ko‘rgazmalaru kitobxonlik anjumaniga, yosh rassomlar uchun mahorat darslariyu harbiy-vatanparvarlik dasturlariga, sport musobaqalariyu aholi daromadini oshirish yo‘lidagi ezgu amallarga ulanib ketdi. Barchasi o‘zaro uyg‘unlikda viloyatni kambag‘allik, ishsizlik va jinoyatdan xoli hududga aylantirish borasidagi «Buxoro tajribasi»ni yaratishga xizmat qiladi.

Bu jarayonda Prezident maslahatchisi o‘rinbosari – Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan moddiy yordam masalasida murojaat qilgan shofirkonlik 115 nafar xotin-qizga sektor rahbarlari bilan birga subsidiya hisobidan o‘n turga yaqin ish anjomlari topshirildi. Tikuv mashinalari, sut, go‘sht va sabzavotlarni qayta ishlash uskunalari olib berilgan har bir murojaatchi o‘z hududida shu yo‘nalishdagi lider tadbirkorlarga biriktirildi. Bu esa aholi daromadini oshirish, bu boradagi murojaatlarga samarali yechim topishning yana bir xalqchil mexanizmidir.

Masalan, «Qalmaqon» mahallasida yashovchi tadbirkor Oynisa Sharipova ham bugun Mohira Ikromova kabi subsidiyaga uskuna olib ish boshlagan to‘rt nafar mahalladoshi bilan kooperatsiya tashkil qildi. To‘rt ayol o‘z uyida yarim tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarsa, tadbirkor ularni sotib olib, iste’molchilarga yetkazib beradi. Bundan esa barcha birdek manfaatdor.

"Denov" mahallasida yashovchi Nodira Karimova ham bugun mahallasidagi tadbirkor bilan birikib, subsidiyaga olingan separatorda sutni qayta ishlab, qaymoq, sariyog‘ olishni boshladi. Bu bilan oila byudjeti uchun yana bir daromad manbai yaratildi.

Tuman markazidagi Yoshlar bog‘i anchagacha gavjum bo‘ldi. Mehnat yarmarkalari, kasb-hunar o‘rganish, oliy ta’lim, sog‘lom ovqatlanish kabi yo‘nalishlardagi ko‘rgazmalarda aholining barcha qatlami, ayniqsa, ishsiz xotin-qizlar mehnat qilib, jamiyatning faol a’zosiga aylanishi uchun keng miqyosda ma’lumotlar, maslahat va ko‘mak olish imkoniga ega bo‘ldi. Buxoro shahridan kelgan tajribali shifokorlar 470 nafardan ziyod aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.  

«Buxoro tajribasi» – sadoqat namunasi» tamoyili asosidagi bunday tadbirlar viloyatning boshqa hududlarida ham tashkil etilyapti.

11.06.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлариВеб-сайт9 Mart 202427 Mart 2024Jizzax viloyati
Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслигиВеб-сайт3 Aprel 202424 Iyun 2024Toshkent viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишИшонч телефони11 Mart 202422 Iyun 2024Toshkent viloyati
Тадбиркорлик фаолиятини ривожлантириш учун кредитИшонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Кадастр ҳужжатларини расмийлаштиришИшонч телефони21 May 202429 May 2024Sirdaryo viloyati
Суғурта товонини қоплашИшонч телефони20 Iyun 202421 Iyun 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
ПиллачиликИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Турар жой объектларининг вақтида фойдаланишга топширилмаслигиИшонч телефони4 Iyul 202416 Iyul 2024Navoiy viloyati
Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслигиИшонч телефони24 Iyul 202410 Avgust 2024Sirdaryo viloyati
Савдода истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилишИшонч телефони8 Avgust 202420 Avgust 2024Toshkent viloyati
Тадбиркорлик субъектлари томонидан иш ҳақи берилмаётганлигиИшонч телефони20 Avgust 202430 Avgust 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Янги МТТ қуришИшонч телефони23 Avgust 202428 Avgust 2024Toshkent shahri
Светофор, радар ва йўл белгиларини ўрнатиш, пиёдалар ўтиш йўлини чизишИшонч телефони31 Avgust 202410 Sentabr 2024Xorazm viloyati

Foydali resurslar