Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etildi

Navoiy viloyat sudi hamda Navoiy viloyat ma’muriy sudi tomonidan Uchquduq tuman Xalq qabulxonasi binosida sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda 29 nafar fuqaro qabul qilinib, 7 nafarining murojaati ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 22 nafar fuqaroga tegishli tartibda huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida IIBning taqdimnomasiga asosan Probatsiya guruhida hisobda turib jazo o‘tab kelayotgan 2 nafar mahkum O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan o‘talmagan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan bo‘lsa, 4 nafar fuqaroga nisbatan yuritilgan ma’muriy huquqbuzarlik ishi taraflarning yarashuvi asosida tugatildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41- va 52-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan Uchquduq tumanida yashovchi A.A.ning jabrlanuvchi bilan yarashganligi va aybidan pushaymonligi sababli ishni yuritishdan tugatish haqidagi murojaati qanoatlantirilib, fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy ish unga jazo qo‘llanmasdan turib tugatildi.

Fuqarolik sudlari tomonidan esa yuridik faktni belgilash, qarz va qat’iy aliment undirish bo‘yicha arizalar ko‘rib chiqildi.

– Farzandim hali juda yosh. Shuning uchun sobiq turmush o‘rtog‘imdan aliment undirish bo‘yicha murojaat qildim, – deydi G.Shodiyeva. – Sud farzandim uch yoshga to‘lgunga qadar ta’minotim uchun sobiq turmush o‘rtog‘imdan  aliment undirish bo‘yicha qaror qildi va murojaatim ijobiy hal etildi.  

Kunning ikkanchi yarmida esa Zarafshon shahri “Bahor” MFY binosida Zarafshon shahri hamda Tomdi tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda 28 nafar fuqaro qabul qilinib, 9 nafar fuqaroning murojaati ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 19 nafar fuqaroga tegishli tartibda huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida IIBning taqdimnomasiga asosan Probatsiya guruhida hisobda turib jazo o‘tab kelayotgan 15 nafar mahkum o‘talmagan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilinib, 9 nafar fuqaroga nisbatan sud hukmi bilan tayinlangan jazo yengilrog‘iga almashtirildi, 16 nafar fuqaroning jazoni o‘tash koloniyasi o‘zgartirildi.

– Sayyor qabulda  ozodlikni cheklash jazosidan shartli ravishda ozod qilish yuzasidan murojaat qilgandim, – deydi zarafshonlik T.A. – Murojaatim sudyalar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi va qanoatlantirildi. Natijada tayinlangan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindim. Endilikda bu imkoniyatdan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda foydali ish bilan shug‘ullanaman.

Sayyor qabulda fuqarolik sudlari tomonidan 2 ta holatda fuqarolarning imtiyozli pensiyaga chiqish huquqlari tiklangan bo‘lsa, voyaga yetmagan bola ta’minoti va voyaga yetmagan bola uch yoshga to‘lguniga qadar onasi ta’minoti uchun qat’iy summada aliment hamda qarz summalarini undirish bo‘yicha da’vo arizalari qanoatlantirildi.

Shuningdek, iqtisodiy sudlar tomonidan 3 ta ish bo‘yicha tadbirkorlar foydasiga jami qariyb 46,3 million so‘m undirilib, da’vogarlarning buzilgan huquqlari sud yo‘li bilan himoya qilindi.

13.05.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar