2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Bu kunlarning qadriga yetish, tinchlikni asrash kerak”

Dunyo xalqlari boshiga ne-ne musibatlar solgan Ikkinchi jahon urushi tugaganiga yetmish to‘qqiz yil to‘layotgan bo‘lsa-da, insoniyat hali-hanuz bu ofat qoldirgan tuzalmas dard-u alam, qayg‘uni unuta olmayapti.

Aslida bugungidek farovon va tinch-osuda kunlar, farzandlarning shodon kulgisi va cheksiz orzu-umidlar qadr-qimmati bu qora kunlarni unutishga yo‘l qo‘ymaydi, unutishga haqqimiz ham yo‘q!

Shu bilan birga, o‘sha mash’um kunlar guvohi, urush qatnashchilari va front orti mehnatkashlarini e’zozlash, ularga ehtirom ko‘rsatish har birimizning burchimizdir.  

Farg‘ona viloyatida bugungi kunda 11 nafar Ikkinchi  jahon urushi qatnashchisi bor. 9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida ularning xonadoni yanada gavjum. Tirik tarix bo‘lgan bu tabarruk insonlarning shukronasida, duosida hayot hikmati mujassam.  

Beshariq tumani “Qashqar” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Mamayusub Payg‘amov bu yil 101 yoshni qarshi olyapti. Xotira va qadrlash kuni oldidan ikki asrni ko‘rgan nuroniy otaxonni yo‘qlash uchun viloyat oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i To‘ychiboy Boymatov hamda tizim vakillari tashrif buyurishdi, unga sovg‘alar va guldastalarni taqdim qilishdi. Mamayusub ota  bilan dasturxon atrofida dildan suhbat qurishdi. Tabarruk yoshdagi otaxon urush yillarining azobli kunlari haqida so‘zlab berdi, mehmonlarni alqab, duo qildi.  

– Bugungidek dorilomon kunlarning qadriga yetish, tinchlikni asrab-avaylash kerak. Qarang, xalqimiz uchun hamma sharoit bor, biror manzilga boraman desang, piyoda yurmaysan. Dasturxonimiz to‘kin, taqchillik yo‘q. Faqat yurakdan chiqarib mehnat qilish kerak xolos. Prezidentimiz shart-sharoit yaratib beryapti, rahmat, – deydi tabarruk yoshdagi otaxon.  

Mamayusub ota 1941-yili armiya safiga chaqirilgan, dastlab Gruziyada jangovar tayyorgarlikdan o‘tib, suronli yillarda Polsha va Moskva ostonalarida kechgan og‘ir janglarda qatnashgan. 1948-yilda vatanga qaytib kelgan va 35-yil novvoychilik qilgan. Qishloqdagi to‘y-hashamlarda el xizmatida bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘i bilan sakkiz nafar farzandni tarbiyalab voyaga yetkazdi.  

Urush qatnashchisini yo‘qlab, xonadonga maktab o‘quvchilari ham kirib kelishdi. Vatan, tinchlik haqidagi she’rlarni aytib, otaxonni xursand qilishdi.  

Mehmonlar ketar chog‘i u kishi yana qo‘llarini duoga ochdi; “Ilohim, yurtimiz tinch bo‘lsin. Xalqimiz hech qachon yomonlik ko‘rmasin. Rahbarlarimiz, ishboshilarimiz boshi omon bo‘lsin. Bayramlar to‘ylarga ulanaversin”.  

Saranjom-sarishta xonadon yanada fayzli bo‘lib ketdi shu kuni. Otaxon ayvon oldida o‘sgan o‘rik shoxlaridagi shig‘il g‘o‘ralarga mehr va sog‘inch ila nazar tashlaydi. Navqiron yoshlik yillari kechgan olis yurtlar, ne-ne bahodir yigitlarning boshiga yetgan urush dahshatlari, urushdan keyingi mashaqqatli yillarni eslab ko‘ziga yosh oladi. Mustaqillikka erishgan yurtimizda oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, yil sayin obod bo‘lib borayotgan go‘shalar, odamlar qalbida jo‘sh urayotgan orzu-havaslar mo‘lligidan yuzlari yorishadi. Beixtiyor lablari pichirlaydi: “Bunday dorilamon kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor...”  

06.05.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar