2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Surxondaryo viloyatida 2018-yil “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshrilayotgan ishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3630-sonli qaroriga asosan viloyatimizda 2018-yilda 31 ta qishloq axoli punktlarida obodonlashtirish, qurilish va ta’mirlash ishlarini bajarish belgilangan.

Dastur doirasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 198,7 mlrd. so‘m mablag‘ moliyalashtirildi. Shundan:

-mahalliy byudjetdan ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini qurish hamda ichki va xo‘jaliklararo yo‘llarni joriy ta’mirlashga 35,5 mlrd.so‘m;

- markazlashgan mablag‘lar hisobidan ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini qurish uchun 58,5 mlrd.so‘m;

- tarmoq korxona mablag‘lari hisobidan elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlarini qurish, modernizatsiya qilish hamda maishiy gaz ballonlarda suyultirilgan gaz etkazib berish uchun 17,8 mlrd.so‘m;

-aholi va tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan 49,3 mlrd.so‘m;

-tijorat banklari kredit mablag‘lari hisobidan 34,6 mlrd.so‘m mablag‘ moliyalashtirildi.

Dasturga muvofiq 31 ta mahallalarda:

- yakka tartibdagi 20387 dona uylar mavjud bo‘lib, shundan 5877 donasi ta’mirtalab bo‘lib, bugungi kunda 5180 donasi ta’mirlandi;

- 114 km avtomobilь yo‘llarda va 65,0 km uzunlikdagi piyodalar yo‘laklarida (trotuar) ta’mirlandi, 51 km  gulzorlar tashkil etildi, 
1430 ta qo‘cha chiroqlari o‘rnatildi;

- 148,4 km ichimlik suv tarmoqlarida qurish, 202 km elektr liniyalari va 252 ta transfarmotorlarda qurish, rekonstuktsiya qilish va ta’mirlash, 9,9 km gaz taromoqlarida ta’mirlash va 4391 ta suyultirilgan gaz bolonlari tarqatildi;

- 38 ta maktab, 14 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 16 ta sog‘liqni saqlash muassasasi, 9 ta boshqa ob’ektlar, jami 77 ta ijtimoiy soha ob’ektlarida rekonstruktsiya va kapital ta’mir ishlari yakuniga etkazilmoqda.

Bozor infratuzilma ob’ektlarini ta’mirlash va qurish bo‘yicha 45 tasi fodalanishga topshirilidi. 

19.01.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar