Namanganda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Mirzaahmedov tomonidan bevosita shahar, tumanlarda yuridik va jismoniy shaxslar uchun qabullar o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday sayyor qabulning navbatdagisi Pop tumanida o‘tkazildi.
Aynan Byuroning tuman bo‘limida bo‘lib o‘tgan qabulda sakkiz nafar fuqarodan aliment, zarar, bank, majburiyat yuklash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi. Murojaatlarni o‘rganish uchun vaqt talab qilingani sababli MIB viloyat boshqarmasi tarkibiy tarmoqlar va davlat ijrochilariga, mas’ullarga qisqa muddat ichida hal etish yuzasidan ko‘rsatma berildi.
Shuningdek, Byuroning Namangan shahri va tumanlar bo‘limlari rahbarlari tomonidan ham sektorlardagi belgilangan 13 ta mahalla fuqarolar yig‘inida ham sayyor qabul o‘tkazilib, ularda aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalarni o‘rganilgan holda hal etish choralari ko‘rildi.
– Byuroning viloyat boshqarmasi hamda uning shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan fuqarolar tomonidan yo‘llanayotgan murojaatlar bilan ishlash, ularga yechim topish maqsadida tizimli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda, – deydi MIB Namangan viloyati boshqarmasi katta inspektori Muzaffar Mamatqulov. – Aynan murojaatlarni joyida hal qilish, takroriy arizalarni tahlil etish hamda ularga yechim topish, fuqarolarga qulay bo‘lish maqsadida haftaning har shanbasida joylarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |